Mahalliylashtirish dasturi ijrosi izchil ta'minlanmoqda

19/03/2015 - 20:31 4494

Yurtimizning boshqa hududlari kabi Surxondaryo viloyatida ham sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 4 fevraldagi “2014-2016 yillarda Mahalliylashtirish Dasturiga Uzun tumanidagi “Fidokor Surxon Aromash” MCHJ tomonidan 11 ta turdagi qishloq xo‘jaligi texnikalari uchun ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarish loyihasi kiritilgan edi.  Bugungi kunda ushbu korxonada 400,0 mln. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, mahalliy xomashyodan  foydalanish darajasi o‘rtacha 80- 90 foizni tashkil etdi.

Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 11 fevraldagi “2015-2019 yillarda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2298-sonli qaroriga asosan, Surxondaryo viloyatidan 3 ta loyiha qarorga kiritilgan edi.

Ular tomonidan joriy yil davomida jami 2460,0 mln. so‘mlik mahsulot, ya'ni Denov tumanidagi “THE BEST OIL IS SOUTH OIL" MCHJ tomonidan I8A, I12A, I20A va I40A markadagi 190,0 tonna motor moylari, Boysun tumanidagi “Jiydali Boysun” xususiy korxona tomonidan 20 ming dona dazmol hamda Termiz shahridagi “Barls” MCHJ tomonidan 100 ming dona elektr jihozlarining rozetka va vklyuchatel turlarini ishlab chiqarish belgilangan.