O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.08.2005 y. №PQ-148-sonli qarori

24/06/2008 - 17:59 14620

O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligining tuzilmasini takomillashtirish to'g'risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 26 iyuldagi ПҚ-133-sonli qarorini ijro etish yuzasidan hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining tuzilmasini uning zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarga muvofiq tartibga keltirish maqsadida:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining tuzilmasiga qo‘shimacha iqtisodiyot vazirining makroiqtisodiy parametrlar va moliya-valyuta balansi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimi kiritilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining tuzilmasida Industriyani rivojlantirish, tarkibiy va investitsiya siyosati bosh boshqarmasi tugatilsin.
  3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining tuzilmasiga vazirning iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va investitsiya dasturlari masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi kiritilsin.
  4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi markaziy apparatining cheklangan soni 158 shtat birligidan (xizmat ko‘rsatish xodimlaridan tashqari) iborat yangilangan tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining tuzilmasi o‘zgarganligini e’tiborga olgan holda uni joriy ta’minlashga davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga zarur sarf-xarajatlarni nazarda tutsin.
  6. Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 9 fevraldagi 58-sonli qaroriga 2 va 4-bandlar hamda mazkur qarorning 1-ilovasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
  7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari V.A. Golishev zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov

Mazkur Qaror O‘zR Prezidentining 03.07.2006 y. PQ-398-son Qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan