Joriy yilning 9-dekabr kuni Videokonferensiya formatida Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi Iqtisodiy Kengashining 88-yig'ilishi bo'lib o'tdi

16/12/2020 - 23:02 3654

Onlayn uchrashuvda MDHga a'zo davlatlarning iqtisodiy hamkorlikning turli sohalarini qamrab oladigan masalalar muhokamaga qo'yildi.

Tadbirda Ozarbayjon va Tojikiston Bosh vazirlarining birinchi o'rinbosarlari, Belorussiya va O'zbekiston Bosh vazirlarining o'rinbosarlari, Moldova Iqtisodiyot va infratuzilma vaziri, Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirining birinchi o'rinbosari, Turkmaniston moliya va iqtisodiyot vaziri o'rinbosari, Armaniston tashqi ishlar vaziri o'rinbosari, Qozog'iston va Qirg'iziston vakillari shuningdek, MDH iqtisodiy masalalar bo'yicha komissiyasida MDH IC raisi S. Lebedev ishtirok etdi.

Delegatsiya rahbarlari MDH davlatlari o'rtasidagi o'zaro iqtisodiy aloqalarning dolzarb masalalari bo'yicha qisqacha fikr almashdilar va majlis ishtirokchilariga O'zbekiston Respublikasi vakillarining 2020 yilda Hamdo'stlik bo'yicha iqtisodiy kun tartibini amalga oshirish natijalari to'g'risida ma'lumot berib o'tildi.

Uchrashuv davomida sog'liqni saqlash, meliorativ holatni yaxshilash, MDHga a'zo davlatlarda davlat moddiy zaxiralarini boshqarish, Gidrometeorologik faoliyatni rivojlantirish strategiyasi, davlatlararo o'qitish tizimini shakllantirish va rivojlantirish konsepsiyasi, innovatsion sohada kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo'yicha hamkorlikni kuchaytirishga oid 15 ta masala shuningdek, sug'urta faoliyati ham ko'rib chiqildi. MDHga a'zo davlatlarning 2025 yilgacha bo'lgan davrda oqsil (yashur) kasalliklarini oldini olish va ularga qarshi kurashish bo'yicha qo'shma chora-tadbirlar majmuasi, MDHga a'zo davlatlarning soxta savdo belgilari va geografik ko'rsatkichlari va ularni oldini olish bo'yicha hamkorlik to'g'risidagi Bitim loyihasi va boshqa bir qator tadbirlar muhokama qilindi.

Yig‘ilish ishtirokchilari tashkiliy masalalarni, xususan, navbatdagi 2021 yil 12 martda Moskvada (Rossiya Federatsiyasi) MDH Iqtisodiy Kengashining 89-yig'ilishini o‘tkazish bo'yicha masalalarni ham muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilar Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi Iqtisodiy Kengashi doirasida iqtisodiy hamkorlikni davom ettirishni ta’kidlab o'tishdi.

2020 yilda O'zbekiston boshchiligida MDH Iqtisodiy Kengashi majlislarini yuqori darajada tashkil etganligi uchun uchrashuv qatnashchilari O‘zbekiston tomoniga minnatdorlik bildirdi. Kelgusi yilda raislik Belarus Respublikasiga o'tadi.

 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati