Iqtisodiyot va sanoat vazirligining vazifalari

22/02/2019 - 14:06 14719

Quyidagilar Iqtisodiyot va sanoat vazirligining asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni tahlili orqali hamda iqtisodiyotni real sektorining holati, tashqi bozorlar kon'yunkturalari va mintaqaviy va jahon iqtisodiyotining rivojlanish yo‘nalishlari bilan bog‘liq holda iqtisodiyotni boshqarishda bozor mexanizmlarini joriy etilishi va asosiy sohalarni rivojlanishini shakllanishi bo‘yicha takliflar tayyorlash;
  • ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va “yashirin” iqtisodiyotning ulushini qisqartirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, shu jumladan davlat ishtirokini optimallashtirish, iqtisodiy jarayonlarda, byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, moliyaviy va ishlab chiqarish resurslarining mavjudligini ta'minlash, shuningdek kichik sanoat zonalarining salohiyatidan samarali foydalanish orqali xususiy tadbirkorlikni rivojlanishini rag‘batlantirish;
  • sanoat korxonalarini samarali joylashtirish, hududlarning tabiiy va iqtisodiy resurslaridan oqilona foydalanish orqali milliy iqtisodyotda diversifikatsiya va raqobatbardoshlikni oshirish hamda tarmoq va hududlar rivojlanishining o‘zaro bog‘liqligini ta'minlash maqsadida mamlakat sanoatini rivojlanish strategiyasi (modeli)ni ishlab chiqish;
  • innovatsiya ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish, mehnat unumdorligini oshirish, qayta ishlash sohalarni jadal rivojlantirish va yuqori qiymatga ega bo‘lgan raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish yo‘li bilan tovar bozorlarini muvozanatini ta'minlash bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • eksportga yo‘naltiriladigan mahsulotlarni ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, ishlab chiqarishda mahalliylashtirishni oshirish asosida uning import hajmlarini kamaytirish, shuningdek respublika hududlarini va xorijiy davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish yo‘li bilan sanoat siyosatini olib borish orqali milliy iqtisodiyotning eksport salohiyatini oshirish maqsadida tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha strategik yo‘nalishlarni ishlab chiqish;
  • ishlab chiqarishni oqilona joylashtirish, turar joylarni muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalar bilan birgalikda qurish, shuningdek, yerlarning zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etish bilan birga urbanizatsiya jarayonlarini davlat tomonidan samarali tartibga solishni ta'minlash, urbanizatsiya sohasida davlat siyosatini takomillashtirish;
  • iqtisodiy borqarorlikni ta'minlash, milliy iqtisodiyotni raqobatbardoshligini oshirish, sanoat salohiyatini mustahkamlash va hududlarni kompleks rivojlanishiga omil bo‘luvchi investitsiyalar jalb qilinadigan tarmoq va sohalarni aniqlash orqali faol investitsiya siyosatini ishlab chiqishda hamda amalga oshirishda qatnashish;
  • milliy iqtisodiyotni rivojlantirish va uning raqobatbardoshligini oshirishning asosiy vositalari va omillaridan biri sifatida, birinchi navbatda qishloq joylarda inson kapitali darajasini va sifatini yaxshilash bo‘yicha kompleks tahlil va chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
  • iqtisodiyot tarmog‘iga kirgan tashkilotlar faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etilishini ta'minlash, kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ushbu sohadagi aniq natijalarga erishish, vazifalarini o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun xodimlarning shaxsiy javobgarligini kuchaytirish, ularga qo‘yilgan vazifalarni sifatli bajarishga yo‘naltirilgan Vazirlik apparati va uning tarkibiy bo‘linmalari ishining shakllari va usullarini takomillashtirish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari tomonidan moliyalashtiriladigan loyhalarni yuqori sifatda va o‘z vaqtida amalga oshirishga ko‘maklashish, davlatning rivojlanish dasturlari va investitsiya dasturlarini shakllanishi va amalga oshirilishi doirasida loyihalarning loyihaoldi, loyiha va tender hujjatlarini, texnik topshiriqlarni ishlab chiqish hamda ekspertizasi bo‘yicha idoralararo tizimni yaratish.