KUN HIKMATI

07/08/2020 - 09:51 37

Bir donishmand shogirdlaridan:

–Dunyoda inson uchun eng yaxshi narsa nima? – deb so‘radi.

Shogirdlaridan birisi – komil aql, – dedi. Ikkinchisi – yaxshi o‘rtoq, – dedi. Yana bir shogird – chora-tadbir, – deb javob berdi. Donishmand ularning fikrlarini qabul qilmadi. Nihoyat bir shogird:

– Inson uchun eng yaxshi narsa – pok qalb – dedi.

Donishmand bu shogirdining so‘zini ma’qullab:

– Barakalla, to‘g‘ri aytding, bu bo‘lsa, avvalgilarning hammasi bo‘ladi, pok qalb inson uchun eng yaxshi narsa, – dedi.



                                                                                                                                        “Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur” kitobidan
 
 
 
 
Kuningiz xayrli, fayzli, barokatli bo‘lsin, azizlar!