Quvasoyda energiya samaradorligi bo'yicha davra suhbati tashkil etildi

24/02/2020 - 18:46 1561

Bugun, 24 fevral kuni Farg'ona viloyatining Quvasoy shahri hokimiyatida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 22.08.2019 yil PQ-4422-sonli Farmoni va "Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish" loyihasi bo'yicha davra suhbati bo'lib o'tdi. Tadbirda mahalliy energiya tejaydigan uskunalar va butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchilar, sanoat korxonalari vakillari, viloyat hokimiyati vakillari va deputatlar ishtirok etdi.
Davra suhbati davomida iqtisodiyotni rivojlantirish va uning raqobatbardoshligini oshirishning asosiy usullaridan biri sifatida energiya sektorida va sanoatdagi energiyani tejash masalalarini har tomonlama ko'rib chiqish bo'lib o'tdi.


Davra suhbatida Energetika vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi “Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasining Muvofiqlashtiruvchi guruhi vakillari o'z ma'ruzalari bilan chiqish qildilar.


Ushbu tadbir energiyani tejash bo'yicha vazifalarni, sanoat korxonalarini modernizatsiyalashda energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etishning istiqbolli yo'nalishlarini, shuningdek loyihalar doirasidagi investitsiya mexanizmlarini muhokama qilish imkoniyatini berdi.