Oziq-ovqat sanoatida integratsiyalashuv  va innovatsiyalar

02/12/2019 - 18:58 741

  

Joriy yilning  28-30 noyabr  kunlari Namangan viloyatida “Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, resurs, energiya tejamkor va innovatsion texnologiyalar  samaradorligi” mavzusida Xalqaro ilmiy-texnik konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda  Iqtisodiyot va sanoat vazirligi mas’ul xodimlari ham ishtirok etishib, ma’ruza qildilar.

Quyida vazirlik mas’ul xodimlari texnika fanlari doktori, dotsent Farhod Rahimov, texnika fanlari nomzodi, dotsent Botir Usmonov hamda Odil Usarovlar tomonidan  tayyorlangan “Oziq-ovqat sanoati sohasida integratsiyalashuv va innovatsion muhitning shakllanishi” nomli tahliliy maqolaning Annotatsiyasi (qisqacha izohi)  taqdim etilmoqda.

 

Annotatsiya:

Mazkur maqolada respublika oziq-ovqat sanoatida integratsiyalashuv va innovatsion muhitning shakllanishi, Hukumatimizning tegishli farmon, qarorlari, ularda   yuklatilgan vazifalar, soha tashkil etuvchilari hamkorligini yo‘lga qo‘yish mazmun-mohiyati yoritilgan. Bunda sohaning dastlabki yacheykasi sifatida oliy ta’lim muassasalarining mutaxassislik kafedralari, innovatsion guruhlar, ilmiy-texnologik muammolar, namunaviy mavzular, ularning taqsimoti hamda amaliy natijalarga yondashuvlari bayon etilgan.

Maqola bilan tanishib chiqish