XI Iqtisodchilar forumi bo‘lib o‘tdi

25/10/2019 - 16:53 367

Avval xabar qilganimizdek, bugun vazirlik huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutida O‘zbekiston iqtisodchilarining XI forumi bo‘lib o‘tdi.

O‘ndan ziyod xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan iqtisodchi olimlar, ekspertlar, Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakili, Islom banki vakolatxonasi menejeri, o‘rta va kichik tadbirkorlik bo‘yicha xalqaro mustaqil konsultant, shuningdek, yurtimizning ko‘zga ko‘ringan iqtisodchi olimlari, talabalar, tadbirkorlik  sub’ektlari hamda mahalliy OAV vakillari ishtirok etgan ushbu Forum qizg‘in munozara, fikr almashuvlar, o‘zaro savol-javoblarga sabab bo‘ldi.

Forumda uning globol mavzusi:“Strategik rejalashtirish – mamlakat va hududlarning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining muhim omili”ning mazmun-mohiyatini ochib berishga qaratilgan to‘rt yo‘nalishda seksiyalar samarali ish olib bordi.

Forum tafsilotlari bilan bevosita quyida keltirilayotgan Press-reliz hamda institut saytida yoritilayotgan materiallar orqali tanishingiz mumkin.

Shuningdek forumga oid fotolavhalar bilan quyidagi havolada tanishib chiqishingiz mumkin.