Surxondaryoning yana 2 ta tumani kompleks rivojlantiriladi

17/10/2019 - 14:48 263

Hukumatning tegishli qarorlari (871, 872-son, 15.10.2019 y.) bilan Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on va Sho‘rchi tumanlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturlari ma’qullandi.

Dasturlarga ko‘ra, 215 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirish va 5202 ta yangi ish o‘rni yaratish nazarda tutilgan.

Shuningdek, sanoat, xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi, ijtimoiy infratuzilma va boshqa sohalarni rivojlantirish uchun jami 1563 ta loyihani bajarish belgilangan.