Mamatqulov G'anisher Abdukarimovich

18/09/2019 - 11:52 311

Tarjimai hol

1976-yilda Samarqand viloyatida tug'ilgan. Millati - o'zbek.

Ma'lumoti: oliy, 2007-yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan.

2019-yilda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirining o‘rinbosari - Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

Mehnat faoliyati

1995-1999 yy. - «O‘zsanoatqurilishbank» Samarqand mintaqaviy filiali kassiri, katta kassiri

1999-2003 yy. - «O‘zsanoatqurilishbank» Samarqand mintaqaviy filiali  tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘limi 1-toifali iqtisodchisi, kapital quyilmalar va pudratchi tashkilotlarni moliyalash va kredit ajratish bo‘limi 1-toifali iqtisodchisi, 2-toifali iqtisodchisi

2003-2004 yy. - «O‘zsanoatqurilishbank» Samarqand mintaqaviy filiali kapital qo‘yilmalarni moliyalash va muhandislik xizmati bo‘limi boshlig‘i

2004-2008 yy. - «O‘zsanoatqurilishbank» Samarqand mintaqaviy filiali boshlig‘i o‘rinbosari

2008-2008 yy. - «O‘zsanoatqurilishbank» Samarqand mintaqaviy filiali boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari

2008-2009 yy. - «O‘zsanoatqurilishbank» Amir Temur filiali boshqaruvchisi

2009-2011 yy. - «O‘zsanoatqurilishbank» Samarqand mintaqaviy filiali boshlig‘i

2011-2017 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Samarqand viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i

2017-2018 yy. - «Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat banki boshqaruvining raisi

2018-2019 yy.   - Jizzax viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari

2019 y – h.v.  O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vaziri o‘rinbosari - Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori