Rustamov Olimxon Bakiyevich
18/09/2019 - 11:34 755
Tarjimai hol
1966-yilda Toshkent shahrida tug'ilgan. Millati - o'zbek.
Ma'lumoti: oliy, 1989 y. Toshkent xalq xo‘jaligi instituti, 1996 y. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan
2019-yilda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi
Mehnat faoliyati:
1983-1989 yy. - Toshkent xalq xo‘jaligi instituti talabasi (1984-1986 yy. - harbiy xizmat)
1989-1991 yy. - Toshkent xalq xo‘jaligi instituti «Ijtimoiy sohalarda buxgalteriya hisobi, nazorati va xo‘jalik faoliyati tahlili» kafedrasi assistenti
1991-1994 yy. - M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti aspiranti
1994-1995 yy. - Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «Ijtimoiy sohalarda buxgalteriya hisobi, nazorati va xo‘jalik faoliyati tahlili» kafedrasi katta o‘qituvchisi
1995-1996 yy. - «O‘zbekinvest» milliy sug‘urta kompaniyasi bo‘limi boshlig‘i, moliyaviy qaltisliklarni sug‘urtalash departamenti menejeri
1996-1998 yy. - Markaziy bank tijorat banklarini nazorat qilish departamenti tijorat banklarida o‘tkaziladigan auditni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i
1998-2002 yy. - «Turkiston» xususiy ochiq aksiyadorlik tijorat investitsiya banki boshqaruvi raisi
2002-2005 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi yetakchi inspektori
2005-2014 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi bosh inspektori
2014-2016 yy. - «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasi bosh direktori o‘rinbosari
2016-2017 yy. - «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining iqtisodiyot va moliya bo‘yicha o‘rinbosari
2017-2019 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetiga tushumlar to‘liqligini nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i
2019 y. - h.v. - O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirining birinchi o‘rinbosari