O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligini qayta tashkil etish to‘g‘risida"gi 24.12.2002y. №PF-3183 farmoni

03/06/2007 - 12:55 7660

Iqtisodiyotga bozor mexanizmi va uslublarini joriy qilishni davom ettirish, jamiyat hayotining barcha tomonlarini erkinlashtirish talablariga muvofiq iqtisodiyot va statistika organlarining tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish maqsadida:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirliga tugatilib, uning negizida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tashkil qilinsin.
  2. Mamlakatni rivojlantirishning uzoq muddatli strategiyasi hamda kompleks dasturlarini ishpab chiqish va amalga oshirish, quyidagi g‘oyat muhim vazifalarni hal etishga qaratilgan chuqur o‘ylangan va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi zimmasiga yuklansin:
    • makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotning barqaror, mutanosib va jadal sur’at bilan rivojlanishini ta’minlash;
    • ko‘p ukladli va samarali faoliyat ko‘rsatuvchi iqtisodiyotni shakllantirish, xususiy mulkchilikning yetakchi rolini ta’minlash, bozor infratuzilmasini rivojlantirish;
    • boy tabiiy va mineral-xomashyo zaxiralaridan, bunyod etilgan ishlab chiqarish va fan-texnika salohiyatidan samarali hamda oqilona foydalanishga qaratilgan aniq maqsad yo‘lidagi strukturaviy siyosatni amalga oshirish, eksport salohiyatini rivojlantirish hamda mamlakat iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimiga (keng miqyosda integratsiyalashuvini ta’minlash;
    • yangi ish joylarini yaratish, mehnat resurslarini oqilona batsd qilish muammosini hal etish, aholini aniq yo‘naltirilgan ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish, aholining turmush darajasi barqaror, jadal o‘sishini, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishni ta’minlash;
    • mamlakat mintaqalari iqtisodiyotining kompleks rivojlanishini, ishlab chiqaruvchi kuchlarning mamlakat hududi bo‘yicha maqbul hamda samarali rivojlantirish va joylashtirishni ta’minlash.
  3. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining asosiy vazifalari etib belgilansin:
    • jamiyatni rivojlantirish hamda demokratik qayta o‘zgartirishlarning maqsad va ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish va isloh qilishning, iqtisodiyotni boshqarishda bozor uslublari va mexanizmlarini joriy etishning chuqur o‘ylangan strategiyasini ishlab chiqishni tashkil qilish;
    • asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni, respublika, mintaqalar hamda tarmoqlarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish darajasini kompleks sistemali tahlil qilib borish, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarning rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish, iqtisodiyotdagi mavjud nomutanosibliklarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yo‘llarini asoslab berish;
    • iqtisodiyotni rivojlantirishning ko‘p variantli ssenariylarini, mintaqalar, iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlari bo‘yicha mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantarishning qisqa muddatli va o‘rta muddatli prognozlari hamda dasturlarini ishlab chiqish;
    • eng muhim qiymat, moddiy va mehnat balanslarini ishlab chiqishni tashkil etish;
    • asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni pul-kredit agregatlari, davlat byudjeti parametrlari, tashqi savdo, to‘lov va tarmoqlararo balanslar bilan o‘zaro bog‘lanishini ta’minlaydigan ta’sirchan mexanizmni shakllantirish;
    • demografik prognozlar, aholining aniq yo‘naltirilgan ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish, ichki iste’mol bozorini to‘ldirish, xalq farovonligani o‘stirish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish;
    • iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarning o‘rta muddatli prognozlarini, tarmoqlarni rivojlantirish, zamonaviylashtirish va texnologik jihatdan qayta qurollantirish, ishlab chiqarishni
      mahalliylapggirish, resurslarni tejaydigan ilg‘or texnologiyalarni joriy etash dasturlarini ishlab chiqish;
    • strukturaviy siyosat maqsadlariga erishishni, mintaqalarni kompleks rivojlantirishni ta’minlaydigan qisqa muddatli va o‘rta muddatli investitsiya dasturlarini ishpab chiqshshsh muvofiqlatsggirish;
    • eksport salohiyatini rivojlangirishni rag‘batlantirish, tashqi savdo va to‘lov balanslarini maqbullashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti prognozini tayyorlash, respublikaning - - jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuv strategiyasini ishlab chiqishda qatnashish.
    • O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarni mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga oid prognozlarni hamda dasturlarni ishlab chiqish va ularning bajarilishini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Umumiqtisodiyot kompleksiga kiruvchi vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish yo‘li bilan amalga oshiradi.
  4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi zimmasi quyidagi asosiy vazifalarni hal etish yuklatilsin:
    • statistika sohasida yagona siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish, zamonaviy xalqaro talablar va andozalarga mos keladigan statistikani tashkil etishning samarali tizimini ta’minlash;
    • ilmiy asoslangan, bozor iqtisodiyotining asosiy tamoyillariga javob beradigan, milliy hisoblar tuzishni ta’minlaydigan hamda xalqaro statistika andozalariga muvofiq bo‘lgan yagona statistika metodologiyasi va ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqib, tadbiq etish;
    • statistika va hisobot ko‘rsatkichlarining tezkorligi, ishonchliligi va xolisligini ta’mindash, statistika axborotini olish bemalolligi, uning ochiqligi va oshkoraligini kengaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
    • statistika axborotini yig‘ish, qayta ishlash va umumlashtirish tartibiga har qanday aralashuvlarga yo‘l qo‘ymaydigan statistika ishlarini tashkil qilish tizimini yaratish;
    • statistika organlarini zamonaviylashtirish hamda ularni statistik axborotlarni tezkor uzatish va qayta ishlashni ta’minlaydigan zamonaviy kompyuter hamda axborot-kommunikatsiya tizimlari va texnologiyalari bilan qayta jihozlash, statistika bo‘yicha yagona axborot tizimini yanada rivojlantirish;
    • korxonalar va tashkilotlarning Yagona davlat registrini, iqtisodiy-statistik klassifikatorlar tizimini yuritish.
  5. Iqtisodiyot va statistika bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘linmalar negizida quyidagilar tashkil qilinsin:
    • Qoraqalpog‘iston Respublikasida - Iqtisodiyot vazirligi va statistika boshqarmasi;
    • respublika viloyatlari va Toshkent shahrida - Iqtisodiyot bosh boshqarmalari va statistika boshqarmalari;
    • respublika shahar va tumanlarida - iqtisodiyot bo‘limlari va statistika bo‘limlari.
  6. Quyidagilar belgilansin:
    • iqtisodiyot hududiy organlari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar, tuman hokimliklariga qarashli;
    • statistika hududiy organlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasiga qarashlidir.
  7. Belgilab qo‘yilsinki, ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmlarining sun’iy ravishda kamaytirilishiga, korxonalar faoliyatiga noxolis baho berilishiga, pul mablag‘larining bankdan tashqari noqonuniy aylanishiga olib keladigan noto‘g‘ri statistik hisobotni taqdim etishda, statistika ma’lumotlarini yashirishda aybdor bo‘lgan mansabdor shaxslar qonunga muvofiq qatgiq javobgarlikka, xatto jinoiy javobgarlikka ham tortiladilar.
    O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, Bosh prokuraturasi hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Jinoyat kodeksiga va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga statistik hisobotni yashirganlik va buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish nazarda tutilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
  8. "O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasini Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga o‘zgartirish to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 15 maydagi ПФ-1780-son Farmoni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
  9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
  10. Vazirlar Mahkamasi o‘n kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi, Iqtisodiyot vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida Hukumatning tegishli qarorlarini qabul qilsin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti                                   I. Karimov
"O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami", 2002 yil, 24-son

Veb-sayt test holatida ishlamoqda.