Dasturchi lavozimi uchun ish o'rni

05/09/2019 - 19:24 462

Bosh mutaxassis (1 ta shtat birligi) lavozimi (dasturchi) uchun nomzod qabul qilinadi.

Nomzodni ishga qabul qilish bo`yicha asosiy talablar:

- axborot texnologiyalari yo`nalishlari bo`yicha oliy ma'lumotga ega bo`lish (magistratura yoki bakalavriat);

- soha yo`nalishida kamida 2 yillik dasturchi ish tajribasiga ega bo`lish;

- axborot tizimlari va ma'lumotlar bazalarini joriy etish bo'yicha texnik topshiriqlarni ishlab chiqish masalalari bilan tanish bo'lishi;

- texnik topshiriqlar asosida axborot tizimlari va veb saytlar ishlab chiqish va joriy etishi;

- kamida quyidagi dasturlash tillarini mukammal bilishi: PHP, MySQL, HTML, JavaScript, CSS, Yii2 freymvork.

Bog'lanish uchun: 71-232-6156, 97-921-6166, info[at]mineconomy.uz