Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Bosh yuristkonsult lavozimiga tanlov e’lon qilinadi

04/09/2019 - 19:39 408

Nomzodlarga qo‘yiladigan asosiy talablar:

-yuridik yo‘nalishida oliy ma’lumotga hamda 4 yillik ish stajiga ega bo‘lishi lozim;

-o‘zbek, rus va  ingliz tillarini mukammal bilishi;

-kompyuter savodxonligi bo‘yicha Microsoft Word, Excel, Power Point dasturlarida bemalol ishlay olishi;

-Innovatsion g‘oya va kreativ fikrlash, yangicha qarash va intilish bilan o‘zgartirishlar qila olish qobiliyatining mavjudligi;

-muzokaralar olib borish hamda yozishmalar bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lish;

Nomzodlarga qo‘yiladigan qo‘shimcha talablar:

 -O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va Qonunlari, Oliy majlis palatalarining Qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlarining mazmun-mohiyatini va ularda amaliyotda to‘g‘ri qo‘llashni bilishi;

-huquqni qo‘llash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlashni bilishi;

-xodimlarning va tadbirkorlarning huquqiy madaniyati huquqiy savodxonligini oshirishda ularga normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun -mohiyatini tushuntirish va o‘quv seminarlarda hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali yetkazishni bilishi;

-shartnomaviy-huquqiy ekspertiza va talabnoma-da’vo ishlarini yuritish, mulkiy va boshqa manfaatlarni ishonchli himoya qilishni bilishi;

-mehnat haqidagi qonunchilikni, shu jumladan mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi hujjatlarni ishlab chiqish, murojaatlar bilan ishlash tartiblarini bilishi;

-shartnomalar tuzish, bajarish, o‘zgartirish kiritish va bekor qilishning belgilangan tartiblarini bilishi lozim.

E-mail: kadr_agentlik@umail.uz

Telefon: (+99871) 232-65-54