Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Kichik biznes va tadbirkorlikni nomoliyaviy qo‘llab quvvatlash bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tanlov e’lon qilinadi

04/09/2019 - 19:29 85

Nomzodlarga qo‘yiladigan asosiy talablar:

-moliya, iqtisodiyot va bank yo‘nalishlarida oliy ma’lumotga hamda 3 yillik ish stajiga ega bo‘lishi lozim (shu jumladan kamida bir yil rahbarlik lavozimlarida);

-o‘zbek, rus va  ingliz tillarini mukammal bilishi;

-kompyuter savodxonligi bo‘yicha Microsoft Word, Excel, Power Point dasturlarida bemalol ishlay olishi;

-innovatsion g‘oya va kreativ fikrlash, yangicha qarash va intilish bilan o‘zgartirishlar qila olish qobiliyatining mavjudligi;

-muzokaralar olib borish hamda yozishmalar bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lish;

Nomzodlarga qo‘yiladigan qo‘shimcha talablar:

-mulkdorlar huquqlarini ximoya qilish, kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashga oid O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni;

-iqtisodiyot va ishlab chiqarish hamda biznes yuritish asoslarini;

-mamlakatimizda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yaratilgan imkoniyatlar va imtiyozlarni;

-tadbirkorlar uchun nomoliyaviy yordam turlarini hamda ularni kengaytirish tartiblarini;

-tadbirkorlarga nomoliyaviy yordam ko‘rsatish tartiblarini;

-elektron hujjat aylanishi va elektron raqamli imzo orqali ma’lumot almashish tizimini bilishi lozim.

E-mail: kadr_agentlik@umail.uz

Telefon: (+99871) 232-65-54

Veb-sayt test holatida ishlamoqda.