Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tanlov e’lon qilinadi

04/09/2019 - 19:25 321

Nomzodlarga qo‘yiladigan asosiy talablar:

-moliya, iqtisodiyot va bank yo‘nalishlarida oliy ma’lumotga hamda 3 yillik ish stajiga ega bo‘lishi lozim (shu jumladan kamida bir yil rahbarlik lavozimlarida);

-o‘zbek, rus va ingliz tillarini mukammal bilishi;

-kompyuter savodxonligi bo‘yicha Microsoft Word, Excel, Power Point dasturlarida bemalol ishlay olishi;

-innovatsion g‘oya va kreativ fikrlash, yangicha qarash va intilish bilan o‘zgartirishlar qila olish qobiliyatining mavjudligi;

-muzokaralar olib borish hamda yozishmalar bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lish;

Nomzodlarga qo‘yiladigan qo‘shimcha talablar:

 -mulkdorlar huquqlarini ximoya qilish, kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashga oid O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni;

-iqtisodiyot va ishlab chiqarish asoslarini;

-biznes yuritish asoslarini, tadbirkorlik faoliyatining xavf-xatarlarini baholash mexanizmlarini, biznes loyihalarni ishlab chiqishni  o‘zga xos xususiyatlarini, sarflanadigan materiallar hisob-kitoblarini;

-kichik biznes va tadbirkorlarning salohiyatli loyihalari va biznes tashabbuslarini tanlab olish mezonlarini va ularni moliyalashtirish tartiblarini;

-biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha davlat va  hududiy dasturlarni ishlab chiqishda e’tibor qaratiladigan asosiy jihatlarni, dasturlarni tegishli vazirlik, idoralar, tijorat banklari va mahalliy ijro etuvchi xokimiyat organlari bilan kelishish tartiblarini;

-elektron hujjat aylanishi va elektron raqamli imzo orqali ma’lumot almashish tizimini bilishi lozim.

E-mail: kadr_agentlik@umail.uz

Telefon: (+99871) 232-65-54