Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi "Loyihalar va import kontraktlarni kompleks ekspertiza qilish markazi" DUKning ekspertizasidan 2019 yil may oyida oʻtgan EIZ hududida amalga oshirishi ehtimol qilinayotgan investitsiya loyihalari

20/06/2019 - 18:08 1154

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli iqtisodiy islohotlar mamlakat iqtisodiyoti va sanoatini rivojlantirish maqsadida investitsiyalarni faol jalb qilish uchun yangi imkoniyatlar ochib bermoqda.

Yuqoridagiga asoslangan holda, Markaz tomonidan joriy yilning may oyida Oʻzbekiston Respublikasining Erkin iqtisodiy zonalar (EIZ) hududlarida amalga oshirish uchun taklif qilinayotgan investitsiya loyihalarning biznes-rejalari va texnik-iqtisodiy asoslari boʻyicha xulosalar berildi.

Investitsiya loyihalarining hujjatlarini kompleks ekspertizadan oʻtkazish jarayonida ularni EIZ hududlarida amalga oshirilishi uchun belgilangan talablarga muvofiq ekanligini toʻliq tahlili oʻtkazildi.

Eslatib oʻtish lozimki, Markaz tomonidan ijobiy xulosa berilganidan soʻng, EIZning maʻmuriy kengashlari EIZ hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi qarorni, ularga berilgan imtiyozlar va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning boshqa turlarini inobatga olgan holda, qabul qiladilar.

Ushbu jadvalda Markazning ekspertizasidan oʻtgan 20ta investitsiya loyihalari koʻrsatilgan, ulardan 13tasi "Buxoro-Agro" EIZda amalga oshirilishi koʻzda tutilgan - Koreya va Xitoy texnologiyalari hamda oyna bilan qoplangan gidroponik texnologiyalari asosida issiqxona xoʻjaligini tashkil etish va qishloq xoʻjalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.

Ayollar va erkaklar poyabzali "Jizzax" EIZida ishlab chiqarilishi rejalashtirilmoqda. "Gijduvon" EIZda kompozit armaturasi, sandvich paneli va polistirol penoplastini ishlab chiqarilishi koʻzda tutilmoqda.

Yuqori texnologiyadan foydalangan holda "Urgut" EIZida quritilgan mevalar, yongʻoqlar va sogʻlom sneklarni ishlab chiqarilishi va qadoqlanishi taklif qilinmoqda.

Turizmni rivojlantirish maqsadida "Chorvoq" ETZda agroturizm boʻyicha dam olish majmuasini yaratish rejalashtirilmoqda.

 

 

Markazning ekspertizasidan 2019 yil may oyida oʻtgan

EIZ hududida amalga oshirishi ehtimol qilinayotgan

investitsiya loyihalari

ROʻYXATI

EIZ direksiyalarining nomlari

Investitsiya loyihasining tashabbuskori

Hujjatlar

Investitsiya loyihalarining

nomlari

 

«Angren»

МChJ «Maishiy Texnika», компания  «Hefei Qinkai Trading Co Ltd.

biznes-reja

Dori vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish

(infuzion yechim sistemasi)

 

«Buxoro-agro»

МChJ "Elshod Dilshod Dilnoza"

biznes-reja

Koreya texnologiyasi asosida issiqxona xoʻjaligi faoliyatini tashkil etish

 

«Buxoro-agro»

XT "Тўқимачилик тайёрлов савдо"

biznes-reja

Koreya texnologiyasi asosida issiqxona xoʻjaligi faoliyatini tashkil etish

 

«Buxoro-agro»

МChJ "Vita"

texnik-

iqtisodiy asos

Issiqxona xoʻjaligi faoliyatini tashkil etish

 

«Buxoro-agro»

МChJ "Agro Greenhouse Group"

biznes-reja

Xitoy texnologiyasi asosida issiqxona xoʻjaligi faoliyatini tashkil etish

 

«Buxoro-agro»

МChJ "Buxoro Bilol"

biznes-reja

Issiqxona xoʻjaligi faoliyatini tashkil etish

 

«Buxoro-agro»

МChJ "Agro Logistic Industry"

biznes-reja

Koreya texnologiyasi asosida issiqxona xoʻjaligi faoliyatini tashkil etish

  1.  

«Angren»

XT МChJ "Ecoton-Sharq"

biznes-reja

Avtoklav usuli bilan qotadigan gazobeton mahsulotlarini ishlab chiqish zavodini yaratish

 

 

«Chorvoq»

МChJ "Palovniya house"

biznes-reja

Agroturizm boʻyicha dam olish zonasini yaratish

  1.  

«Navoiy»

МChJ "Sharq Qurilish Servis"

biznes-reja

Gigiena mahsulotlarini ishlab chiqarish (suyuq sovun, shampun, ter kremi)

 

«Buxoro-agro»

МChJ "Rus Trade"

texnik-

iqtisodiy asos

Gidroponik texnologiyalari asosida issiqxona xoʻjaligini tashkil etish, qishloq xoʻjalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlab chiqish, hamda transport logistika xizmalari.

 

«Buxoro-agro»

МChJ "Yarash Mirjon Mirjaxon"

biznes-reja

Koreya texnologiyasi asosida issiqxona xoʻjaligi faoliyatini tashkil etish

 

«Urgut»

МChJ "Yec Gilam"

biznes-reja

Quritilgan mevalar, yongʻoqlar va sogʻlom sneklarni yuqori-texnologik usul bilan ishlab chiqarishni toliq siklini va qadoqlashni yaratish

  1.  

«Gijduvon»

МChJ "Sanjarsystemservice"

texnik-iqtisodiy asos

Kompozit armaturasi, sandvich paneli va polistirol penoplastini ПСБ-С М-25 ishlab chiqarish

 

«Buxoro-agro»

"Agro Trade" МChJ

texnik-iqtisodiy asos

Gidroponik texnologiyalari asosida issiqxona xoʻjaligini tashkil etish

 

«Buxoro-agro»

МChJ "Abduraxim Ulugjon Obod"

biznes-reja

Chet el texnologiyalari asosida issiqxona xoʻjaligini tashkil etish

 

«Buxoro-agro»

МChJ "Nihol-2018"

biznes-reja

Issiqxona xoʻjaligi faoliyatini tashkil etish

 

«Jizzax»

МChJ "ITALIAN LIVING"

biznes-reja

Ayollar va erkaklar poyabzalini ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish

 

«Buxoro-agro»

МChJ "Jondor Thermo Trade"

biznes-reja

Issiqxona xoʻjaligi faoliyatini tashkil etish

 

«Buxoro-agro»

МChJ "Salim Said Mega Fruts"

biznes-reja

Issiqxona xoʻjaligi faoliyatini tashkil etish

 

 

 

 

 

Boʻlim boshligʻi                                             E.Rixsiev

Veb-sayt test holatida ishlamoqda.