Shavkat Mirziyoyev: Boyliklarimizni xalqimizning manfaatlari uchun ishlatishimiz kerak

01/05/2019 - 10:31 10390

Prezidentimiz Sariosiyo tumanidagi “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli Sharg‘un ko‘mir konida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Шавкат Мирзиёев: Бойликларимизни халқимизнинг манфаатлари учун ишлатишимиз керак

Davlatimiz rahbarining 2019 yil 7 martdagi “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatini boshqarish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Unda “O‘zbekko‘mir” AJ boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish, uning faoliyati samaradorligini oshirish, korporativ boshqaruvning zamonaviy usullari joriy etilishini hamda ko‘mir sanoatini kelgusida barqaror va muvozanatli rivojlantirishga yo‘naltirilgan dolzarb vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan ishlarning muvofiqlashtirilishini ta'minlash, shuningdek, 2019-2023 yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va aholining ko‘mir mahsulotlariga bo‘lgan talabini qodirishga alohida e'tibor qaratilgan. 

Bugungi kunda mamlakatimizda energetika sohasini izchil rivojlantirish, energiya manbalarini diversifikatsiya qilish, aholi va tashkilotlarga bir necha turdagi energiya yetkazib berish choralari ko‘rilmoqda.

Bugungi kunda Sharg‘un ko‘mir konida Xitoy davlati bilan hamkorlikda 2017-2020 yillar davomida 105,5 million dollarlik loyihani amalga oshirish ishlari bajarilayotir. Shundan 15,7 million dollari “Sharg‘unko‘mir” aksiyadorlik jamiyatining, 89,8 million dollari esa Xitoy Eksimbankining kredit mablag‘idir. Mazkur loyiha to‘liq ishga tushgach 2021 yildan boshlab bir yilda 900 ming tonna toshko‘mir qazib olinadi. 600 ta ish o‘rni yaratiladi. “O‘zbekenergo” AJning Yangi-Angren va Angren issiqlik elektr stansiyalari, sement zavodlari, aholi va boshqa iste'molchilarga toshko‘mir yetkazib berish ko‘payadi.

2314fb2b-da5b-c90e-fde5-58fe4a4d6f37.jpg

Mamlakatimizdagi qazilma boyliklari ichida iqtisodiy salohiyati jihatidan ko‘mir ham alohida o‘rin tutadi. Surxondaryo viloyatining qator tumanlarida mazkur mahsulotning turli xili qazib olinmoqda. Sharg‘un ko‘mir koni ko‘mir sifatining yuqoriligi, zaxiraning ko‘pligi bilan boshqa ko‘mir konlaridan ajralib turadi. Bu yerda ayni paytda konning asosiy zaxirasiga qarab tog‘ etagidan yo‘l ochib borilmoqda. Bugungi kungacha 2 kilometru 216 metr masofada qazish ishlari bajarildi. Yana 1,5 kilometr yer osti qazilgandan so‘ng, 33 million tonnalik asosiy ko‘mir zaxirasiga yetib boriladi. 

Davlatimiz rahbariga Surxondaryo viloyatida toshko‘mir qazib chiqarishni rivojlatirishning asosiy yo‘nalishlari haqida ma'lumot berildi.

3a90c5e6-fb1d-6c61-ab0d-e83be30e5bd1.jpg

Shu yerning o‘zida “Sharg‘unko‘mir” aksiyadorlik jamiyatini moderizatsiya qilish investitsion loyihasi, Boysun toshko‘mir va Sherobod tumanidagi Kugitan konlarida ko‘mir qazib chiqarishni tashkil etish, Sariosiyo tumani va Sharg‘un shaharchasini 2019-2020 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish loyihalari taqdimoti ham o‘tkazildi. 

- Bunday ko‘mir hech qayerda yo‘q. Bunday loyihalar bizga juda kerak. Yer osti boyliklarimizni xalqimizning manfaatlari uchun ishlatishimiz zarur, dedi davlatimiz rahbari.

9c1e9b1f-f00e-eb0f-1187-7bdd2a77cfa6.jpg

Mazkur loyihani qisqa muddatda va sifatli amalga oshirish, konchilikni yanada rivojlantirish, soha uchun mutaxassislar tayyorlash zarurligi, Sharg‘un shaharchani butunlay yangidan qurish, suv ombori barpo etish, bu yerda chorvachilikni rivojlantirish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

c4af6232-3685-da15-9b35-7f3098582276.jpg

5a3c0bb8-46d9-d4a0-961c-fa537977e98b.jpg

Manba: O‘zA