Davlat tashrifining asosiy tadbirlari boshlandi

19/04/2019 - 12:52 1122

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi. 

19-aprel kuni Ko‘ksaroy qarorgohida oliy martabali mehmonni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Davlat rahbarlari shohsupaga ko‘tarildi. O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o‘tdi.

Marosimda O‘zbekiston va Janubiy Koreya rasmiy delegatsiyasi a'zolari, mamlakatimizdagi diplomatik korpus vakillari ham hozir bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati