O‘zbekiston Respublikasida 2030-yilgacha Urbanizatsiyani rivojlantirish Konsepsiyasini ijrosi yuzasidan

10/04/2019 - 13:35 1758

O‘zbekiston Respublikasida 2030-yilgacha Urbanizatsiyani rivojlantirish Konsepsiyasini ishlab chiqilishi uchun yaqinda tashkil etilgan Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Urbanizatsiya agentligiga (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb yuritiladi) texnik yordam va salohiyatni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Shahar ekologiya infratuzilmasi jamg‘armasi hisobidan 150 mln AQSH dollari miqdoridagi beg‘araz yordamni ajratilishi Osiyo taraqqiyot banki (OTB) tomonidan tasdiqlandi.

Texnik yordam va salohiyatni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashning maqsadi, Agentlikka Urbanizatsiyani rivojlantirish Konsepsiyasini hamda kelajakda O‘zbekistonga investitsiyalarni o‘sishida qo‘llanma sifatida xizmat qilishi uchun va Jamg‘armani infratuzilmalarni modernizatsiya qilishni moliyalashtirishning innovatsion mexanizm sifatida rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashda urbanizatsiya siyosati tuzilmasi va model shaharlar/kichik shaharlar bosh rejalarini ishlab chiqishda yordam berishdan iborat.

Shaharlarni kompleks rivojlanishi uchun urbanizatsiya ehtiyojlari, shaharlarni barqaror rejalashtirish va shaharlar, kichik shaharlar va iqtisodiy raqobatbardosh shahar atrofi hududlarini boshqaruvining iqtisodiy imkoniyatlari va ijtimoiy taraflarini, ekologik barqaror va ijtimoiy inklyuziv tamoyillarini tahlil qilish uchun Osiyo taraqqiyot banki milliy va xalqaro tajribaga ega konsultantlarni jalb etish taklifi bilan chiqdi. Konsultantlar 2019-yil aprel oyining ohirida ishga tushishlari belgilandi.

Veb-sayt test holatida ishlamoqda.