Maxsus zonalarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarning hujjatlari kompleks ekspertizadan o‘tkazilmoqda

29/03/2019 - 17:42 2950

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi "Loyihalar va import kontraktlarni kompleks ekspertiza qilish markazi" DUK maxsus zonalarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarning hujjatlarini kompleks ekspertizadan o‘tkazadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-dekabrdagi PF-5600-sonli «Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga binoan erkin iqtisodiy zonalar (keyingi o‘rinlarda – EIZ) hududlarida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan investitsiya loyihalarini jadal amalga oshirish, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi daromadlarini oshirishni ta'minlash bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Ushbu Farmonga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi "Loyihalar va import kontraktlarni kompleks ekspertiza qilish markazi" DUK (keyingi o‘rinlarda – Markaz) EIZ hududlarida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan investitsiya loyihalarining biznes-rejalari va texnik-iqtisodiy asoslarni kompleks ekspertizadan o‘tkazadi va xulosalar beradi.

Investitsiya loyihalarining hujjatlarini kompleks ekspertizadan o‘tkazish jarayonida ularni EIZ hududlarida amalga oshirilishi uchun belgilangan talablarga muvofiqligi tahlili o‘tkaziladi. 

Markaz tomonidan ijobiy xulosa berilganidan so‘ng, EIZning ma'muriy kengashlari EIZ hududida investitsiya loyihalarini amalga oshirish to‘g‘risidagi qarorni ularga berilgan imtiyozlar va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning boshqa turlarini inobatga olgan holda qabul qiladilar.

Markazning ekspertizasidan o‘tgan EIZ hududida amalga oshirishi
ehtimol qilinayotgan investitsiya loyihalari
RO‘YXATI

EIZ direksiyalarining nomlari

Investitsiya
joyihasining tashabbuskori

Hujjatlar

Investitsiya loyihalarining
nomlari

1

«Navoiy»

«Navoiy-Ishonch-Gilamlari» МChJ

Biznes-rejalar

Tomchi va  yomg‘ir bilan sug‘orish uchun polietilen quvurlari ishlab chiqarish

2

«Sirdaryo»

МChJ «Eurasian Industrial Union»

Biznes-rejalar

Penopolistirol va plastmassa asosida qurilish materiallarini ishlab chiqarishni tashkil qilish

3

«Angren»

ChI AJ «ANGREN PACK»

Biznes-rejalar

"ANGREN PACK" СhI AJ bazasida karton, qog‘oz va bortli mahsulot doirasini kengaytirish va ishlab chiqarishni zamonaviylashtirish

4

«Angren»

МChJ «TREND TEX»

Texnik-iqtisodiy asoslar

Tikuv mahsulotlarini tashkil qilish

5

«Jizzax»

МChJ «IRUSKON»

Texnik-iqtisodiy asoslar

Keng assortimentdagi qandolat maxsulotlarini ishlab chiqarish

6

«Angren»

МChJ «ASIA AUTO INDUSTRY»

Biznes-rejalar

Turli xil kuzov maxsulotlarni ishlab chiqarishni tashkl etish

7

«Buxoro-agro»

МChJ «Xumo Trans Agro Fayz»

Biznes-rejalar

"Buxoro-agro" hududida zamonaviy issiqxonalar yaratish.

8

«Buxoro-agro»

МChJ «Toshkent ta'mir temir beton»

Biznes-rejalar

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish va qayta ishlash uchun kompleks yaratish

9

«Buxoro-agro»

МChJ «Bukhara mega gold»

Biznes-rejalar

Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini etishtirish va qayta ishlash uchun kompleks yaratish

10

«Jizzax»

МChJ «Jizzax Dizayn Invest»

Texnik-iqtisodiy asoslar

Rafinatsiyalangan va hidsizlantirilgan o‘simlik yog‘i ishlab chiqarishni va uning fraksiyalarini qayta ishlani tashkil etish

11

«Gijduvon»

МChJ «Nazir Shoxjaxon»

Biznes-rejalar

Polipropilen qoplarni ishlab chiqarishni tashkil etish

12

«Angren»

МChJ «Antey-Steel»

Texnik-iqtisodiy asoslar

Issiq, sovuq holatda tayyorlangan va tsinklangan po‘latdan metall buyumlar ishlab chiqarishni tashkil etish

13

«Navoiy»

YaTT МChJ «Universalagro»

Biznes-rejalar

O‘simlik yog‘i ishlab chiqarish va pista, bodom, kaheva va yong‘oqni kalibrlash, qovurish va qadoqlash zavodini yaratish

14

«Chorvoq»

МChJ «Core IT Service»

Biznes-rejalar

Baliqchilik xo‘jaligini tashkil qilish va ekoturizm xizmatlarini ko‘rsatish

15

«Chorvoq»

МChJ «Funny travel»

Biznes-rejalar

Ekstremal ekoturizmni tashkil etish

16

«Angren»

МChJ «Metal Products»

Biznes-rejalar

Turli xil metall maxsulotlarni ishlab chiqarishni tashkl etish

17

«Angren»

МChJ «Sigma Chemical Industry»

Biznes-rejalar

Vodorod periksni ishlab chiqarish uchun kimyoviy kompleks qurilishi