O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Tarmoq bozorlari va eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish tadqiqotlari markazi ishga qabul qilish uchun tanlov e’lon qiladi

14/03/2019 - 16:59 5336

Barcha nomzodlarga qo‘yiladigan umumiy malaka va shaxsiy talablar:

1. Iqtisodiyot va yuridik yo‘nalishlarida kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumotga ega bo‘lishi  (xorijiy va xalqaro oliy o‘quv yurtlarida tahsil olgan nomzodlarga tanlovda afzallik beriladi);

2. Tarmoq bozorlari kon’yunkturasini kompleks o‘rganish, monitoringini olib borish va marketing tadqiqotlarini, jamlangan ma’lumotlar tahlilini, investitsiya loyihalari va dasturlarini tayyorlash va ishlab chiqish hamda iqtisodiyot va sanoat  sohasida kamida 3 yillik kasbiy malakaga ega bo‘lishi (xorijiy davlatlarda stajirovka o‘tagan nomzodlarga tanlovda afzallik beriladi);

3. Kompyuter savodxonligi, jumladan Microsoft Word, Excel va Power Point dasturlarini bilishi.

Shuningdek, qo‘shimcha afzallik:

chet tillarini mukammal bilishi, ushbu sohada ilmiy izlanishlar olib borgan, tadqiqot xulosalari gazeta va jurnallarda chop etilgan, xalqaro konferensiyalarda qatnashgan;

mehnatsevarlik va o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish, muomala va muzokara madaniyati va o‘z fikr-mulohazalarini hamda takliflarini taqdim qila olish qobiliyatli talabgorlarga beriladi

Ma’lumot uchun telefon va faks – 71-232-65-65