Press-reliz: Sovuqxona omborining ochilish marosimi, texnik anjomlar topshirilishi va kartoshka mahsuloti degustatsiyasi tadbirlari

16/11/2018 - 12:50 8592

«O‘zbekiston qishloq hojaligini barqaror rivojlantirish» Loyihasi Evropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladi va konsortsium tomonidan amalga oshiriladi.

Noyabr 16, 2018 y.                                                                                    Andijon viloyati, Oltinko‘l tumani 
                                                                                                                  Kartoshka etishtiruvchilar kooperativi
                                                                                                                  «Innovatsion Agro Servis» 

Kirish

Ishlab chiqarishdagi yondashuvlarni o‘zgartirish va O‘zbekistonda kartoshka daromadini oshirish maqsadida "O‘zbekiston qishloq hojaligini barqaror rivojlantirish" loyihasi doirasida, Evropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilishi bilan dastlabki sinov loyihasi ishlab chiqildi va bu Andijon hamda Namangan viloyatlarida kartoshka yetishtirishda  qo‘shimcha qiymat zanjirini yaratishga qaratildi.

Kartoshka O‘zbekistonda juda keng ommalashgan mahsulot hisoblanadi. Bu mahsulotning mahalliy ishlab chiqarish quvvati ichki bozor talabini qondirish uchun yetarli emas, shu sababdan qo‘shni davlatlardan olib kelingan ko‘plab kartoshka ichki bozorni taminlab kelayapti. Past rentabellik va noturg'un ishlab chiqarishning asosiy sabablaridan biri dehqonchilik (urug’) kartoshkalarini import qilish logistikasi, dehqon xo‘jaliklarida, ayniqsa, zararkunandalarga qarshi kurash sohasida tajriba darajasini etarli emasligi va texnologik saqlash jarayonlarining bajarilmasligi bo‘lib, bu o‘z navbatida yetishtirilib kelinayotgan mahsulotlarning sifati va saqlash davomiyligiga salbiy ta'sir qiladi. 

Tadbir haqida qisqacha ma'lumot

16-noyabr kuni Sovuqxona rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi va bunda Evropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan va o‘z navbatida konsortsium tomonidan amalga oshirilayotgan "O‘zbekiston qishloq hojaligini barqaror rivojlantirish" loyihasi doirasida qurilgan va jihozlangan oziq-ovqat va urug'lik kartoshalarini to‘g'ri saqlash texnologiyalari namoyish etilishi rejalashtirilgan. Loyiha asosan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining ko‘magida va "Innovatsion Agro Servis" kartoshkachilik Kooperativi hamkorligida tadbiq etilmoqda.

Marosimni Kooperativ rahbari Murod Komilov, Evropa Ittifoqining O‘zbekiston Respublikasidagi delegatsiyasi rahbari Eduard Stiprais va qishloq xo‘jaligida tarkibiy o‘zgarishlar bo‘yicha bo‘lim boshlig'i o‘rinbosari Feruza Abdusamatovalar ochib beradi. 

Marosimda ishtirok etadi:

Frantsiyaning Favqulodda va Muxtor elchisi Violen de Villemore, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) Markaziy Osiyo dasturlari hududiy rahbari janob Torsten Brecina, Frantsiyaning qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha agentligining loyiha koordinatori (ADECIA), Italiya va Frantsiya elchixonalari vakillari, shuningdek Evropa Ittifoqining O‘zbekistondagi vakolatxonasi va O‘zbekiston kartoshka yetishtiruvchilar assotsiatsiyasiga texnik yordam ko`rsatish milliy byurosi vakillari ishtirok etadilar.

Ochilish marosimining bir qismi sifatida kartoshka mahsulotini qazish uchun treyler uskunalar rasmiy ravishda fermerlarni qishloq xo‘jaligida yangi imkoniyatlar va texnologiyalar bilan tanishtirish maqsadida kartoshka yetishtiruvchilar  kooperativiga topshiriladi. Taqdimot marosimida qatnashuvchilar O‘zbekiston zaminida Frantsiya davlatidan olib kelingan urug'lardan yetishirilgan yangi navdagi kartoshkalarni ta'mini totib ko‘rishadi.

Loyiha haqida qisqacha ma'lumot

Evropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan "O‘zbekiston qishloq ho‘jaligini barqaror rivojlantirish" loyihasi Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ), qishloq hududlarida qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha Frantsiya agentligi (ADECIA), Italiya chorva hayvonlar urchitish Ittifoqi va Bolgariyaning tashkilot va loyihalash markazi (CEED) tomonidan amalga tadbiq etilmoqda.

Loyiha 2016-yil Ozbekiaston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi ko‘magida hamda asosiy hamkorligda o‘z faoliyatini boshlagan. Loyiha quyidagi yo‘nalishlarda, yani kartoshka yetishtirishdagi qo‘shilgan narh zanjiri, bog’dorchilik, chorvachilik yonalishlarini Sirdaryo, Qashqadaryo, Jizzax va shu jumladan Andijon viloyatlarida tadbiq qilib kelinyapti. Mazkur loyiha bir qatorda hududiy va mahalliy hokimyatlarning yuqorida ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy institutlar salohiyatini rivojlantirish guruhlari ustida ham ish olib bormoqda. 

Loyiha maqsadi va tadbiq jarayoni

Andijon va Namangan viloyatlarida kartoshka yetishtirishning qo‘shilgan narh zanjirni rivojlantirish yo‘nalishida asosiy loyihani amalga oshiruvchi agentlik Frantsiyaning ADECIA agentligi hisoblanadi.

Ushbu sohadagi loyiha faoliyati quyidagilarga qaratilgan:

  • o‘simliklarni himoya qilish tizimini rivojlantirish va sifatli kartoshka etishtirish amaliyotini o‘rganish;
  • Ekish uchun moslashtirilgan navlarni o‘rganish uchun platformalar yaratish;
  • Kartoshkani yig'ish va saqlash texnologiyalarini namoyish etish;
  • Bozorga kirishni kengaytirish.

Andijon viloyati hududiy kartoshka va poliz ekinlari yetishtirish tadqiqot institutining filiali bilan birga Andijon qishloq xo‘jalik instituti loyiha doirasida yangi kartoshka navlarini sinovdan o‘tkazish uchun to‘rtta ko‘rgazma uchastkalarini tashkil etdilar. Kartoshka va poliz ekinlari yetishtirish ilmiy-tadqiqot instituti va Andijon viloyatining Jalakuduq va Bulokboshi tumanlarida va Namangan viloyatining Yangiqo‘rg'on tumanida bitta sabzavot hamda uchta fermer xo‘jaliklari negizida bir ko‘rgazma maydoni tashkil etildi.

Loyiha shuningdek, Innovatsion Agro Servis kartoshka yetishtiruvchilar  kooperativini shakllantirishga kirishdi va 2018-yilda kartoshka va urug'ni saqlash uchun 100 tonna hajimga ega sovutgichni qurish va jihozlashni boshladi. 2017-yildan hozirgi kunga qadar Frantsiyadan import qilinadigan etti navdan 19,5 tonna kartoshka urug'i xarid qilindi va ekildi. Shu bilan birga, butun amaliyot davrida xalqaro ekspertlar tuproq tayyorlash, o‘g'it va zararkunandalarga qarshi kurash bo‘yicha treninglar o‘tkazdilar, shuningdek, kartoshka yig'ish, saqlash va qayta ishlash texnologiyasini o‘rgatib o‘tdilar.

Qo‘shimcha ma'lumotlar va loyiha ekspertlaridan biri bilan suhbatni tashkil qilish uchun GIZ xodimlariga murojaat qiling:

Oydin Sattarov, sector kardinatori, mob. +99893 388 89 23
Rano Islambekova, jamoat bilan ishlash mutahasissi, mob. +99891 164 02 27

Press-relizni yuklab oling

Veb-sayt test holatida ishlamoqda.