Press-reliz

02/11/2018 - 15:25 9607

O'zbekistonda "Qishloq hududlarini barqaror rivojlantirish" Loyihasi
Iqtisodiyot vazirligining SWOT tahlili bo'yicha treninglarini tashkil etish

1-6-noyabr 2018-y.                                            O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi

Umumiy ma'lumot

Evropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan "O'zbekistonda qishloq hududlarini barqaror rivojlantirish" Loyihasi O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Germaniyaning Xalqaro Hamkorlik bo'yicha Jamiyati (GIZ) konsortsiumi, Frantsiyaning Qishloq xo'jaligi, oziq-ovqat va qishloq hududlarini rivojlantirish bo'yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirish agentligi (ADECIA), Italiya Hayvon Yetishtiruvchilari Ittifoqi (AIA) va Korxonalarni rivojlantirish va menejment bo'yicha trening markazi (CEED).

 

Loyiha uchta yo'nalishdan iborat: 

• Agrar-oziq-ovqat sanoati (chorvachilik, bog'dorchilik, sabzavotchilik va xizmat ko'rsatish sohasi) bilan bog'liq qo'shimcha qiymatli tovar zanjirlarini yanada rivojlantirish;

• Iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining, shu jumladan, yoshlarning  ko'nikmalari va usullarini yanada rivojlantirish va takomillashtirish; zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va ulardan foydalanishni o'qitish; fermerlarni qayta tayyorlash va qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash usullarini takomillashtirish;

• Hududlarni rivojlanishini rejalashtirish sohasida hududiy va mahalliy hokimiyatlarning institutsional rivojlanishi va salohiyatini oshirish.

Tadbirkorlik va ma'muriy ta'limni rivojlantirish markazi (CEED, Bolgariya) institutsional rivojlanishga yo'naltirish va mintaqaviy va hududiy hokimiyatlarning salohiyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradigan asosiy dastur hisoblanadi.

Tadbirning maqsadi

Iqtisodiyot Vazirligining mahalliy va hududiy darajalarda biznesni rejalashtirish vositalari, SWOT tahlillarini va hududiy rejalashtirishda Evropa Ittifoqi amaliyotidan foydalangan holda iqtisodiy rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish bo'yicha yordam berishga ko'maklashish.

Amalga oshirilishi 

Institutsional rivojlanish yo'nalishi doirasida 1-2-noyabrgacha iqtisodiy rejalashtirish va tahlil qilish bo'yicha trening o'tkazish rejalashtirilgan. 

Ushbu treningni Iqtisodiyot Vazirligining vakillari uchun xalqaro ekspertlar janob Nikolay Yarmov va honim Kamelia Kaloyanova tomonidan, 5-6-noyabr kunlari Namangan va Sirdaryo viloyatlarining hududiy iqtisodiyot bo'limlari vakillari uchun olib boriladi. Trening davomida biznesni rejalashtirish, SWOT tahlili kabi vositalari ko'rib chiqiladi va Evropa mamlakatlarining tajribasi o'rganiladi.

Ayni paytda Loyiha tegishli mahalliy hokimiyat organlari, biznes tuzilmalari va nohukumat tashkilotlari vakillari ichidan Hududiy Ishchi guruhlar tashkil etdi. Kelgusida O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan Namangan va Sirdaryo viloyatlarining hududiy rivojlanish strategiyasining loyihasini Evropa Ittifoqi mamlakatlarining tajribalarini va hududiy ishchi guruhlari ishtirokida  birgalikda rivojlantirish rejalashtirilgan.

Qo'shimcha ma'lumot olish yoki loyiha ekspertlari bilan suhbatlashish uchun GIZ xodimlariga murojaat qiling: 
Liyoiha Milliy Koordinatori, Qodirjon Bobojonov +998 93 501 21 31, kodirjon.bobojonov@giz.de
Jamoat bilan aloqalar bo’yicha mutahassis: Rano Islambekova, +998 91 164 02 27, rano.islambekova@giz.de