Asosiy maqsad – Oʻzbekiston transport-tranzit salohiyatini roʻyobga chiqarish

15/09/2018 - 12:42 4510

Keyingi yillarda mamlakatimizda transport infratuzilmasinimodernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan rivojlantirish, tranzit yuk tashish hajmini oshirishga qaratilgan keng koʻlamliislohotlar amalga oshirilmoqda. 

Maʼlumki, transport infratuzilmasi iqtisodiyotning asosiy boʻgʻinlaridan biri hisoblanadi. Mazkur tarmoqni yanada rivojlantirish maqsadida “2015-2019 yillarda muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturi” qabul qilindi. Unda milliy transport tarmogʻini rivojlantirish sohasidaxalqaro talablar va standartlarga javob beruvchi yaxlit kompleks strategiyani ishlab chiqish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini hududiy va jahon bozoriga olib chiqishni hisobga olgan holda, ushbu strategiyani xalqaro transport tizimiga keng integratsiya qilishni taʼminlash koʻzda tutilgan. 

Dasturda transport infratuzilmasi va tranzit yoʻlaklarinirivojlantirish, yangi avtomobil va temir yoʻllari, aviaqatnovlarni ochish orqali barcha transport turlarining oʻzaro hamkorligini kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratilgan. 

Maʼlumki, Markaziy Osiyo mintaqasining transport-tranzit salohiyati uning tarixan Sharq va Gʻarb, Shimol va Janubni bogʻlovchi koʻprik vazifasini oʻtagan Buyuk ipak yoʻlining markazidagi geostrategik joylashuvi bilan belgilanadi. Yirik xalqaro bozorlarni oʻzaro birlashtiruvchi eng qisqa yoʻnalishlar aynan mana shu mintaqa orqali oʻtgan. 

Markaziy Osiyoda qoʻshimcha yuk tashish oqimlarini jalb etish imkonini beruvchiyangi transport va tranzit yoʻlaklarini shakllantirish, transport va logistika sohasida kadrlar tayyorlash boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganib, xalqaro logistika markazlari tarmogʻini yaratish, mintaqa transport-logistika salohiyatini rivojlantirish uchun xorijiy mamlakatlar portlaridansamarali foydalanish uslublarini shakllantirish, Markaziy Osiyoda Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo, Yevropa, Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarini birlashtiruvchimuhim tranzit yoʻl boʻlib xizmat qiladigan yagona integratsiyalashgan xabni yaratish masalalari mintaqamiz uchun dolzarb ahamiyat kasb etadi. 

Bu Oʻzbekistonga Osiyo-Tinch okeani mintaqasi va Xitoydan Hind okeani portlari (Pokiston, Hindiston)ga, Yevropa Ittifoqi, Rossiya, Kavkazdan Hind okeani portlari (Pokiston, Hindiston)ga chiqish yoʻnalishlari boʻyicha xalqaro tranzit yuk tashishda ishtirok etish,Oʻzbekiston – Turkmaniston – Eron – Oʻmon yangi transport yoʻlagini yaratish, shuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlarining yangi istiqbolli loyihalarini amalga oshirish, Markaziy Osiyo mamlakatlari hududlari boʻylab tranzit yuk tashishga boʻlgan yagona tariflarni qoʻllash masalasini koʻrib chiqish boʻyicha saʼy-harakatlarini birlashtirish imkonini beradi. 

Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston – Qirgʻiziston – Xitoytemir yoʻli qurilishi masalasi ham koʻrib chiqilmoqda. Mazkur loyiha SHHTmakoni uchun dolzarb ahamiyatga ega. Uning amalga oshirilishi loyiha ishtirokchilari hamda Markaziy Osiyoning boshqa barcha davlatlari va Xitoy oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarni kengaytirish imkonini beradi. Ushbu temir yoʻli Xitoydan Qirgʻiziston va Oʻzbekiston orqali Sharqiy Yevropa va Yaqin Sharq mamlakatlariga yuk tashish imkoniyatini yaratish orqali Xitoy yuklarini Yevropa mamlakatlariga yetkazadigan eng qisqa yoʻllardan biriga aylanadi va butun Markaziy Osiyo transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirishga xizmat qiladi. 

Xulosa oʻrnida shuni taʼkidlash joizki, transport-tranzit salohiyatini yanada rivojlantirishmaqsadidayuqorida qayd etilgan zarur sharoitlarni yaratish transport tizimining oʻtkazuvchanlik qobiliyatini oshirish, Oʻzbekiston hududidan oʻtish uchun mavjud toʻsiqlarni bartaraf etish imkonini beradi. Bu esa, oʻz navbatida, Markaziy Osiyoda xalqaro transport yoʻlaklarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Oʻzbekiston Respublikasi
Iqtisodiyot vazirligi
Axborot xizmati