Dolzarb mavzuda seminar trening bo‘lib o‘tdi

19/06/2018 - 18:23 6910

Vazirlikda bo‘lib o‘tgan navbatdagi seminar trening “Yoqilg‘i energetika kompleksi korxonalari bo‘yicha tovarlar bozorini liberiallashtirish masalalari hamda energoresurslarga bo‘lgan talab va taklifni o‘rganish mexanizmlari va omillari” mavzusiga bag‘ishlandi. 

Seminar treningni vazirlikning Sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish strategiyalari masalalari bosh boshqarmasi boshlig‘i Xurshid Raxmatullayev olib bordi. 

Unda mavzu bilan bog‘liq masalalar, xususan, Neft, neft xom ashyolari qazib chiqarish va taqsimoti balansi; Neft mahsulotlarini ishlab chiqarish va taqsimoti balansi; Tabiiy gaz qazib chiqarish va taqsimoti balansi; Suyultirilgan gaz ishlab chiqarish va taqsimoti balansi; Elektr energiyasini ishlab chiqarish va taqsimoti balansi; Ko‘mir qazib chiqarish va taqsimoti balansi kabi bir qator strategik balanslarning mohiyati, ularni shakllantirishda bozor mexanizmlarini qo‘llashga alohida e'tibor qaratildi. 

Seminar treningda ko‘tarilgan mavzu yuzasidan ishtirokchilar bilan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur seminar treningning taqdimotini yuklab olishingiz mumkin.

Axborot xizmati

Veb-sayt test holatida ishlamoqda.