2018 yilning I choragi yakuni bo‘yicha qurilish materiallari sanoati ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari to‘g‘risida

10/05/2018 - 15:54 18448

Joriy yilning I choragi yakunlari natijasiga ko‘ra 888,5 ming m² keramik plitkalar yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 185,1%, 13,6 ming tonna qurilish gipsi (112,5 %), 5,8 ming tonna ohak (188,6 %), 36,4 ming tonna shifer (128,3 %), 1849,7 ming tonna sement (92,3 %), 1782 ming m² qurilish oynasi (94,9 %) ishlab chiqarildi. 

Hisobot davrida keramik plitkalar, devorbop materiallar, qurilish gipsi, shifer, ohak kabi qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmlari bo‘yicha o‘sish sur'atlari qayd etildi. Shu bilan birga, ayrim korxonalarda ishlab chiqarishning energiya tejamkor usullari tatbiq etilmagani sababli ishlab chiqarish hajmi pasaygan.

Shuningdek, joriy yilning I choragida devorbop va pardozbop materiallar ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilgan va yangi quvvatlar tashkil etilgan.

Iqtisodiyot vazirligi Axborot xizmati