O‘zbekistonda yana bir ixtisoslashgan erkin iqtisodiy zona tashkil etiladi

06/03/2018 - 11:44 3960

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kecha imzolagan farmoniga muvofiq, Toshkent shahrida “Sport” erkin iqtisodiy zonasini tashkil qilinadi.

“Sport” EIZda jahonning yetakchi ishlab chiqaruvchilarini jalb qilgan holda sport kiyimi, anjomlari va jihozlarini ishlab chiqaruvchi zamonaviy korxonalar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 14 ta erkin iqtisodiy zona faoliyat yuritmoqda. Ularning yettitasi, xususan, «Nukus-farm», «Zomin-farm», «Kosonsoy-farm», «Sirdaryo-farm», «Boysun-farm», «Bo‘stonliq-farm», «Parkent-farm» farmatsevtika sohasiga ixtisoslashgan erkin iqtisodiy zonalar hisoblanadi.

Manba: O‘zA