Yuqori likvidli mahsulotlarning birja savdolarida sotilishi to‘g‘risida qisqacha ma'lumot

24/01/2018 - 12:39 13188

2017-yilda birja savdolari orqali yuqori likvidli mahsulotlarni sotish bo‘yicha jami 9 461,1 mlrd. so‘mlik bitimlar tuzildi va bu ko‘rsatkich o‘tgan 2016-yilga nisbatan 18,5 foizga ortgan.

Yuqori likvidli mahsulotlarni sotish bo‘yicha tuzilgan bitimlar birja savdolarida tuzilgan jami bitimlar hajmida 83,3 foizni tashkil etdi.

Birja savdolarida haqiqiy bozor narxlarining shakllanishini hisobiga 2017-yilda ishlab chiqaruvchi korxonalar 3 758,2 mlrd. so‘m miqdorida qo‘shimcha daromad oldi.

Ichki bozor iste'moli uchun birja savdolarida sotilgan 21 ta yuqori likvidli mahsulotlardan fizik hajmlarda 13 tasida mahsulotlar sotilishida o‘sish ta'minlandi, xususan avtomobil benzini - 3,6 foizga, dizel yoqilg‘isi - 6,9 foizga, polipropilen - 3,1 barobarga, ikkilamchi alyuminiy - 23,6 foizga, mis mahsulotlari - 10,1 foizga, metall rux - 3,2 barobar, mineral o‘g‘itlar - 37,7 foizga, paxta shroti - 13,1 foizga, paxta chigiti sheluxasi - 4,4 foizga, yem bo‘ladigan don - 3,0 barobarga, bug‘doy uni - 5,0 foizga, yog‘ - 3,7 foizga, shakar - 97,5 foizga o‘sdi.

Iqtisodiyot vazirligi Axborot xizmati