Yoshlar siyosatiga oid yana bir tadbir

13/10/2017 - 13:50 6060

Bugun Vazirlik tizimida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturining 15-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida “Yoshlarni vatanparvarlik, fidoiylik va o‘z kasbiga muhabbat ruhida tarbiyalash” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatida Vazir o‘rinbosari Dilshod Asamov, vazirlik Markaziy apparati xodimlari, vazirlik tizimidagi tashkilotlar rahbar-xodimlari ishtirok etishdi.

Ushbu tadbirga taniqli huquqshunos olim, yuridik fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi Halim Boboyev, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Faxriylar kengashining raisi Ermuhammad Shermatov, Respublika ma'naviyat targ‘ibot markazi huzuridagi Ma'rifat targ‘ibotchisi ta'lim muassasasi bosh mutaxassisi Nasriddin Botirovlar qatnashishdi va yig‘ilganlar bilan o‘z fikrlarini o‘rtoqlashishdi. Xususan, huquqshunos olimimiz Halim Boboyev O‘zbekistonda Mustaqillikning ilk davrlariga nazar tashlab, yangi davlatchiligimizning huquqiy asoslari qanday shakllantirilganligi, bugungi qonunchiligimizning puxta asosi bo‘lgan o‘sha davrdagi qonunlar va qonunosti me'yoriy hujjatlar mazmun-mohiyatiga e'tiborini qaratdi. Ayniqsa, hozirda Davlatimiz tomonidan yoshlarga qaratilayotgan jiddiy e'tibor, ularning ilmiy, huquqiy salohiyatini ko‘tarishga bo‘lgan ustuvor vazifalarga batafsil to‘xtaldi.

Ikkinchi davra suhbati ishtirokchisi Ermuhammmad Shermatov bugungi kunda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bilan bog‘liq amaldagi qonun hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlari va hujjatlarining mazmun-mohiyati, yoshlarda Vatanga bo‘lgan muhabbat tuyg‘ularini  kuchaytirishga alohida urg‘u berdi. 

Uchinchi davra suhbati mehmoni - Nasriddin Botirov yoshlarning o‘z xizmat vazifasiga bo‘lgan muhabbati, kasbga sadoqati xususida to‘xtalarkan, bu to‘g‘ridagi o‘zi bitgan “Vatan madhi”, “Yurtim tinch bo‘lsin” “Shukronalik” singari she'rlaridan ishtirokchilarni bahramand etdi. 

Davra suhbatida vazirlik mas'ul xodimlari Abbos Nabixo‘jayev, Baxtiyor Mahmudov, Baxtiyor Rustamov, Muborak Ibragimova, Sirojiddin Normurol o‘g‘illari mavzu yuzasidan o‘z fikrlarini bildirishdi.

Davra suhbatini Iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari Akmalxon Ortiqov olib bordi. 

Mazkur tadbir qiziqarli va yuqori kayfiyatda bo‘lib o‘tdi. 


 

Veb-sayt test holatida ishlamoqda.