Sanoat media-turi «Kattaqurg‘on yog‘-moy» korxonasida boshlandi

09/08/2017 - 09:34 4189

Joriy yilning 8-avgust kuni Iqtisodiyot vazirligi tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun uyushtirilgan «Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish» media-turi o‘z faoliyatini boshladi. Mazkur tadbir vazirlik, tegishli tijorat banklari va sanoat korxonalari bilan hamkorlikda yirik sanoat inshootlarida energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish tajribasi hamda energiya samaradorligiga erishish maqsadida yo‘naltirgan investitsiyaning afzalliklarini ko‘rsatish uchun tashkil etmoqda.

 

Media-turning birinchi kuni ishtirokchilar belgilangan yo‘nalish asosida “Kattaqurg‘on yog‘-moy” AJga tashrif buyurishdi.

Yog‘-moy ishlab chiqarish mutaxassislar bilan uchrashuv korxonada ISO 50001 energomenedjment standartlarni joriy etish va energiya hajmini kamaytirish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan taqdimotdan boshlandi. 

Shunday qilib, Jahon banki eksperti Umarboy Odamovning hisobotiga ko‘ra, mazkur aksiyadorlik jamiyatida energiya resurslarini boshqarish ISO 50001 standarti muvaffaqiyatli joriy etildi. Buning natijasida korxonada energiya tejalishi va sarflanishini avtomatik hisoblash hamda energiya resurslaridan noratsional foydalanish holatini o‘z vaqtida tahlil qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. 

Energomenedjment o‘z ichiga asbob-uskunalarni modernizatsiyalashni ham oladi. Shu maqsadda “Kattaqurg‘on yog‘-moy” korxonasi tomonidan Xalqaro taraqqiyot uyushmasining kreditidan samarali foydalanib eski, talabga javob bermaydigan qozonxona o‘rniga zamonaviy va energiya tejamkor uskunalar o‘rnatildi.

Natijada soatiga 15 va 20 tonna quvvatiga ega bo‘lgan zamonaviy bo‘g‘ qozonlar ishlamoqda. Ularning foydali ish koeffitsiyenti 90 foizdan oshadi. Ishtirokchilar ekskursiya davomida ushbu qozonlar faoliyati bilan tanishdilar. 

Ta'kidlash joizki, qozonlar “ISI CAIDAIE S.p.A”  Italiyadagi korxona tomonidan yetkazib berildi. Uskunalarning umumiy qiymati 965 ming AQSH dollarini tashkil etib, ulardan 772 ming AQSH dollari “Sanoat korxonalarining energiya samaradrorligini oshirish” loyiha krediti hisobidan ta'minlandi.Ushbu uskuna 2014-yilning 1-sentabr kuni ishga tushirildi va olti oylik hisobot natijalariga ko‘ra, 7-9 foizi elektr energiyasi, 23-25 foiz tabiiy gaz iqtisod qilindi. 

Mazkur loyiha doirasida xuddi shunday yana uchta subloyiha amalga oshirildi. “Kattaqurg‘on yog‘-moy” AJdan tashqari, yangi bo‘g‘ qozonlari “Urganch yog‘-moy”, “Uchqurg‘on yog‘-moy” va “Toshkent yog‘-moy kombinati” aksiyadorlik jamiyatlarida ham o‘rnatildi. 2014-yilgi dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur korxonalarda qozonxona asbob-uskunalarining almashtirilishi tufayli yiliga 0,9 mln. kVt/s elektrenergiya va 2 mln. kub. metr tabiiy gaz tejaladi. 

Mutaxassislarning fikricha, yog‘-moy kombinatlaridagi qozonxonalarining rekonstruksiyasi energiya resurslari tejalishini va qozon agregatlarining barqaror ishlashini ta'minlaydi, zararli chiqindilar hajmini va xizmat ko‘rsatish harajatarini kamaytirish imkonini beradi.

Media-tur keyingi to‘rt kun davomida Iqtisodiyot vazirligining mutaxassislari ommaviy axborot vositalari hamrohligida Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida joylashgan to‘rtta yirik sanoat korxonalariga tashrif buyuradilar. Tashriflarining tafsilotlari vazirlik rasmiy veb-saytiga o‘z vaqtida joylashtirib boriladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
“Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasining muvofiqlashtirish guruhi