Tadbirkorlar diqqatiga!

14/07/2017 - 15:04 5243

Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga muvofiq tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatida mavjud muammolarni xal qilish hamda kichik biznes, xususiy mulk va tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqilmoqda.

Ushbu chora-tadbirlarning sifatli amalga oshirilishini ta'minlash va sohadagi muammolarni chuqur tahlil qilish uchun Iqtisodiyot vazirligi Sizdan mazkur takliflarni ishlab chiqish jarayonida faol ishtirok etishga chaqiradi. Buning uchun amaliyotda duch keladigan muammolarni yechishga qaratilgan takliflaringizni (qisqa tavsif bilan) ilova qilinayotgan shakl asosida busmonov@mineconomy.uz elektron pochta manziliga yuborishingizni so‘raymiz.

Yuklab oling - Amaliyotda uchrayotgan muammolarni yechishga qaratilgan takliflar bo‘yicha shakl