Brifing qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash istqibollariga bag‘ishlandi

05/04/2017 - 12:25 9513

Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va istiqbolli rejalar bilan jamoatchilikni kengroq tanishtirish maqsadida, Iqtisodiyot vazirligida “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar va istiqboldagi vazifalar”ga bag‘ishlangan matbuot brifingi o‘tkazildi. 

Brifingda Iqtisodiyot vazirligining mutasaddi xodimlari, “O‘zbekoziqovqatxolding” va “O‘zvinsanoat-xolding” xolding kompaniyalari vakillari ishtirok etdilar.

Iqtisodiyot vazirligi Qayta ishlash sanoati va oziq-ovqat bo‘limining boshlig‘i Shahobiddin Ortiqov o‘z nutqida ta'kidlaganidek, mustaqillik yillarida oziq-ovqat sohasini rivojlantirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilib, mazkur sohaga investitsiya jalb etgan holda, zamonaviy texnologiyalarni meva-sabzavot, go‘sht va sut mahsulotlarini qayta ishlash va ishlab chiqarishga joriy qilinishi, ishlab chiqarish texnologik bazasining yangilanishi evaziga ichki bozorni sifatli mahalliy oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash imkoniyati yaratilib, sanoatda mazkur tarmoq ulushining tobora oshishiga zamin yaratdi.

Tadbirda 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi haqida ham so‘z borar ekan, unga muvofiq, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini maqbullashtirish, ya'ni: 

2017 yilda paxta ekin maydonlarini 49 ming gektarga va g‘alla maydonlarini 10 ming gektarga qisqartirish; 

qisqartirilgan ekin maydonlariga boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarini, jumladan, 8,1 ming gektarga kartoshka, 27,2 ming gektarga sabzavot, 5,9 ming gektarga intensiv bog‘, 2,9 ming gektarga tokzor, 10,9 ming gektarga ozuqa ekinlari va 4 ming gektarga moyli ekinlar joylashtirish  belgilanganligi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi. 

Brifingda jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi. Tadbir so‘nggida ommaviy axborot vositalari vakillariga mavzu bo‘yicha maxsus intervyular berildi. 

O‘zbek tilida press-reliz

Rus tilida press-reliz

Axborot xizmati

Veb-sayt test holatida ishlamoqda.