Iqtisodiyot vazirligida bo‘lib o‘tadigan kengaytirilgan Hay'at yig‘ilishi haqida

19/01/2017 - 12:34 7740

2017-yil 21-yanvar kuni Iqtisodiyot vazirligida kengaytirilgan Hay'at yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. 

Unda vazir hamda uning o‘rinbosarlari, Hay'at a'zolari, bosh boshqarma, boshqarma va bo‘lim boshliqlari, vazirlik tasarrufidagi tashkilotlar rahbarlari, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari hududlarini kompleks rivojlantirish Yig‘ma boshqarmalari rahbarlari ishtirok etadilar.

Yig‘ilishda 2016-yilda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari, joriy yilning 14 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan Vazirlar Mahkamasining yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha birinchi darajadagi vazifalarni so‘zsiz bajarilishini ta'minlash borasida vazirlik va uning quyi tashkilotlari oldida turgan ustuvor vazifalarga doir masalalar ko‘rib chiqiladi.