Xalq bilan muloqotni takomillashtirish yo‘lida virtual qabulxona faoliyati yo'lga qo'yildi

20/12/2016 - 17:07 22560

Vazirlikning rasmiy veb-sayti orqali O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining virtual qabulxonasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Virtual qabulxona orqali jismoniy hamda yuridik shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga o‘z arizalari, shikoyatlari, takliflari hamda vazirlik faoliyati to‘g‘risida axborot olishga doir so‘rovlarini yuborishlari mumkin.

Vazirlikka yuborilayotgan murojaatlarning o‘z vaqtida hamda ijobiy ko‘rib chiqilishi uchun har bir masala bo‘yicha alohida va ravon tilda murojaat yo‘llanilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Virtual qabulxona orqali murojaat yuborishda elektron raqamli imzo bo‘lishi talab qilinmaydi.

Iqtisodiyot vazirining virtual qabulxonasi orqali yuborilgan murojaatlar Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali tizimi bilan ishlash singari O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi doirasida ko‘rib chiqiladi.

Iqtisodiyot vazirkigi Axborto xizmati