Vazirlikda ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar davom etmoqda

29/07/2016 - 15:56 4481

Bugun vazirlikning majlislar zalida navbatdagi ma'naviy-ma'rifiy soati bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlikning markaziy apparati hamda uning tasarrufidagi tashkilotlar xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirda: Xasanboyev O‘tkir Meliboyevich – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi diniy ishlar bo‘yicha qo‘mita raisining o‘rinbosari, Raupov Jasur – O‘zbekiston musulmonlar idorasi vakili, “Nosirjon” jome masjidi imom xatibi qatnashdi.

Mazkur tadbirning mavzusi «ISHID – diniy ekstremizm, terrorizm va turli zararli oqimlarga qarshi kurashishning ma'naviy-ma'rifiy asoslari» deb nomlandi.

Ma'ruzachilar tomonidan tayyorlangan ma'ruzada diniy ekstremizim, aqidaparastlik terrorizmning mazmun-mohiyati, uning kishilar, ayniqsa yoshlar ongiga salbiy ta'siri oqibatlari xususida, yosh avlod tafakkurini yot g‘oyalardan asrashga qaratilgan amaliy ishlar atroflicha bayon etildi.

Tadbir so‘nggida mavzuga doir publitsistik, hujjatli film ham  taqdim etildi.

Shuningdek, mavzu yuzasidan vazirlik xodimlarini qiziqtirgan savollariga ma'ruzachilar tomonidan atroflicha javoblari berildi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu tadbir Iqtisodiyot vaziri tomonidan tasdiqlangan reja asosida amalga oshirilmoqda.

Vazirlik  Axborot xizmati