“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish yo‘lida yana bir qadam

03/06/2016 - 09:54 13706

2-iyun kuni Iqtisodiyot vazirligida “Davlat xizmatlarini xatlovdan o‘tkazish va yagona reyestrga kiritish masalalari” mavzusida o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur seminar O‘zbekiston Respubliksining “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 13-maydagi 120-sonli “Davlat xizmatlari ko‘rsatish hamda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning idoralararo axborot hamkorligi tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta'minlashga bag‘ishlandi.

Unda “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazining mutaxassislari va Iqtisodiyot vazirligining mutasaddi xodimlari ishtirok etishdi. 

Yig‘ilishda markaz xodimlari yuqorida qayd etilgan qarorlar ijrosini ta'minlash, xususan, vazirlik tomonidan amalga oshiriladigan davlat xizmatlarini xatlovdan o‘tkazish va ularning pasportlarini joriy etish yuzasidan ko‘nikmalar berishdi. Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob oldilar.

Bir so‘z bilan aytganda, ushbu seminar “Elektoron hukumat” tizimi yanada takomillashtirish va davlat organlari tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishda o‘z samarasini berishi shubhasiz.

Iqtisodiyot vazirligi Axborot xizmati

Veb-sayt test holatida ishlamoqda.