Xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlatirish dasturini ijrosi

01/12/2015 - 20:45 10081

Xabaringiz bor mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridan biri, bu kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish xisobiga aholi daromadolarini va ularning turmush darajasini oshirishga erishish hisoblanadi.

Bu borada amalaiyotda joriy qilinayotgan choralardan ko‘rinib turibdiki bugungi kunda kam xarajat qilgan holda ushbu sohada qisqa muddatlarda daromadlar olish mumkin. Xususan bugungi kunda xizmatlar sohasining bir necha yo‘nalishlarini shu jumladan, aloqa , moliya, transport, qurilish, turizm xizmatlari va savdo sohalarini misol keltirish mumkin.

Bugungi kunda aholining farovon va qulay sharoitda hayot kechirishlari uchun xizmatlar sohasida bir qator qulayliklar ta'minlab berilmoqda. Natijada mamlakatimizning qishloq joylarida servis infratuzilmasining rivojlanishi evaziga qishloq ahlisining yashash tarzi shahar aholisining yashash tarziga yaqinlashmoqda.

Bugungi kun zamon talablaridan kelib chiqib, sohani rivojlantirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2012-2016 yillarda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish dasturi to‘g‘risi”gi hamda “2013-2016 yillarda qishloq joylarda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini jadal rivojlantirish yuzasidan qo‘shimcha chor-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorlari qabul qilindi.

Xizmatlar ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan dasturlar va chora-tadbirlar natijasida sohaning YAIMdagi ulushi sezilarli darajada o‘sdi. Ushbu ko‘rsatkich 2011 yilda 50,5 % ni tashkil etgan bo‘lsa bugungi kunda 54,5% ni tashkil etishi kutilmoqda. Sohada band bo‘lgalar bugungi kunda jami band aholining 50% dan ortig‘ini tashkil qiladi.

Bugungi kunda faoliyat yuritayotgan kichik biznes subektlarining 80,4 mingtasini yoki 81%i aynan xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yuritmoqda.

Respublika bo‘yicha sohada faoliyat yuritayotgan 2 mingdan ortiq korxonalar dastur doirasida begilangan imtiyozlardan foydalanmoqda.

Dasturlarni amalga oshirish xisobiga jami xizmatlar xajmi 1,7 barobar, aholi jon boshiga xizmatlar esa 1,6 barobarga oshgan.

Sohada rivojlanishning asosiy yuqori suratlari moliya, qurilish, sog‘liqni saqlash, aloqa va axborotlashtirish, kampyuterda dasturlash, qishloq xo‘jaligi texnikalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash hamda maishiy xizmatlarida kuzatiladi.

Alohida shuni ta'kidlab o‘tish lozim, soha o‘sishiga ta'sir ko‘rsatayotgan asosiy omillardan biri bu kichik biznes sohasiga yaratib berilayotgan qulayliklar, imkoniyatlar, qulay investitsion iqlim hamda tijorat banklari tomonidan ajratilayotgan kredit mablag‘lari xisoblanadi.

Misol tariqasida aytish mumkinki, sohada faoliyat yuritayotgan sub'yektlarga 2012-2015 yillar mobaynida 4 trln 167,5 mlrd. sum kredit mablag‘lari ajratilgan. Shuningdek xudularni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishi natijasida xisobot davrida 51,9 mingta loyiha amalga oshirilgan.

Bundan tashqari qishloq joylarda hamda namunaviy loyihalar asosida qurilgan uy joylar masivlarida xizmatlar va servis sohasini rivojlantirish yuzasidan 2013-2015 yillar mobaynida qariyib 22 mingdan ortiq loyialar ishga tushirildi.