O'zbekiston Respublikasi issiqlik elektr мarkazlarini modernizatsiya qilish sohasidagi hamkorlik

16/11/2015 - 12:10 7029

Avval xabar qilinganidek, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan 24-26 oktyabr kunlari, Yaponiya Bosh vaziri Shinzo Abe rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

Tashrif chog’ida, eng yuqori darajada ikki tomonlama munosabatlarni yanada kengaytirish masalalari borasida muzokaralar o'tkazildi, mavjud salohiyatni to'la amalga oshirish va foydalanilmagan imkoniyatlarni jalb etish mexanizmi bo'yicha fikr almashildi.

Tadbir davomida 200 dan ortiq "NEDO”, “Mitsubishi", "Mitsui", "Isuzu", "Itochu", "Dzhogmek" "Marubeni", "Sojitz", "Toyota Tsusho" va "Dzheybik" кabi etakchi yapon kompaniyalari, korporatsiyalar, bank va moliya institutlari rahbarlari va vakillari ishtirok etishdi.

Uchrashuv va muzokaralar natijasida, energiya, ilm-fan va sog'liqni saqlash sohasida, tashqi ishlar vazirliklari va moliya institutlari o'rtasida hamkorlik to'g'risidagi qator hujjatlar imzolandi.

Hujjatlar mineral resurslarni qayta ishlash, avtomobilsozlik, neft-gaz va kimyo sanoati, energiya va transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish, telekommunikatsiya va boshqa zamonaviy sanoat va ishlab chiqarish kabi sohalariga oid bo’lib, umumiy qiymati 8,5 mlrd. dollardan ortiq investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Tadbir doirasida O'zbekiston Respublikasi Hukumati va Yaponiyaning yangi energetika va sanoat texnologiyalarini rivojlantirish «NEDO» tashkiloti o'rtasida O'zbekiston issiqlik markazlari va issiqlik elektr markazlarini modernizatsiya qilish бorasida hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan ahdlashuv bayonnomasi imzolandi.

Xususan, bugungi kunda  Yaponiya bilan birgalikda, Farg'ona shahrida ikki yirik issiqlik markazlarida, jumladan  Farg'ona issiqlik elektr markazi va RK-3 shahar qozonxonasida «KAWASAKI Heavy Industries» Yaponiya kompaniyasining samaradorligi yuqori bo’lgan zamonaviy gaz turbina qurilmalarini o’rnatishni nazarda tutadigan loyihani amalga oshirishning dastlabki ishlari olib borilmoqda.

 Ushbu loyiha amalga oshirilishi natijasida, Farg'ona issiqlik elektr markazi va RK-3 shahar qozonxonasida issiqlik va elektroenergiyani ta’minlovchi energiya samarador gaz turbina qurilmalarini o’rnatish orqali, issiqlik markazlarining energiya samaradorligini oshirish imkonini beradi.