Aloqa bog'lash
Bog'lanish uchun havolalardan foydalanishingiz mumkin:
- O'zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi
- telefon orqali
- uchrashuv belgilash
- manzil
O'zbekiston Respublikasining "Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to'g'risida"gi Qonuni
Vazirlikka kelib tushayotgan murojaatlar statistikasi.
Yagona telefon: (+99871) 232-63-20
Ishonch telefoni: (+99871) 232-65-55
Murojaatlar bilan ishlash: (+99871) 232-63-05
Yagona telefon raqami orqali jismoniy va yuridik shaxslar Iqtisodiyot vazirligining ish faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan barcha masalalar bo‘yicha murojaat qilishlari mumkin.
Murojaatlar amaldagi qonunchilikka binoan o'rnatilgan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Yagona telefon raqami orqali vazirlikka tushgan murojaatlar qo‘shimcha o‘rganishlar talab etmaydigan bo‘lsa, unga shu paytning o‘zidayoq javob beriladi.
Murojaatda ko‘tarilgan masala Iqtisodiyot vazirligi faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lmasa, bunday hollarda murojaat qiluvchiga tegishli tashkilotlarga murojaat qilishlari maslahat beriladi.
Murojaatda ko‘tarilgan masala qo‘shimcha o‘rganishlar talab etadigan bo‘lsa, bunday hollarda mazkur murojaat batafsil yozib olinadi.
Yozib olingan murojaat o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatga olinib, tegishliliga ko‘ra bo‘linmalarga javob berish muddatlari ko‘rsatilgan holda chiqariladi.
Bo‘limga kelib tushgan murojaat o‘rnatilagan tartibda o‘rganib chiqiladi. Zaruriy hollarda murojaat qiluvchining o‘zi bilan bevosita bog‘laniladi yoki yana qo‘shimcha o‘rganishlar talab etilsa joylarga chiqib o‘rganishlar o‘tkazish orqali masala hal qilinadi.
Murojaat javobi o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatga olinib, murojaat qiluvchiga yuborilgandan so‘ng ushbu murojaat yopilgan hisoblanadi.
Vazirlikning ish tartibi: dushanba-juma, 9:00 dan 18:00 gacha.
Tushlik vaqti: 13:00 dan 14:00 gacha.
Dam olish kunlari: shanba-yakshanba va bayram kunlari.