A
x up auto down
conv
conv
phone
Loading...

Saytdagi yangi ma’lumotlar

PRESS-RELIZ: O‘zbekistonda Barqaror rivojlanishning milliy maqsad va vazifalari taqdim qilindi 

Bugun Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-oktyabrda qabul qilingan 841-sonli «2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi  qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan Barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsadlar va vazifalar va ularni amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Davomi » Nashr etilgan: Pay, 15/11/2018 - 18:06

Chimkent shahrida bo‘lib o‘tadigan hududlararo hamkorlikning Birinchi forumi haqida

2018-yil 15-noyabr kuni Chimkent shahrida Qozog‘iston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida hududlararo hamkorlikning Birinchi forumi bo‘lib o‘tadi.

Davomi » Nashr etilgan: Chor, 14/11/2018 - 18:41

Parrandachilikni yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Mamlakatimizda parrandachilik sohasini rivojlantirish va eksportga moʻljallangan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish va turlarini kengaytirish, shuningdek, aholini mahalliy ishlab chiqarilgan sifatli va arzon parrandachilik mahsulotlari bilan taʼminlash boʻyicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 

Davomi » Nashr etilgan: Chor, 14/11/2018 - 09:18

Iqtisodiyot vazirining o‘rinbosari chet ellik jurnalistlarni qabul qildi

Bugun Iqtisodiyot vazirligida Shveysariyaning “Shveysariya radio va televideniyesi” hamda Avstriyaning “Die Presse” gazetasi kabi yetakchi ommaviy axborot vositalarining vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Davomi » Nashr etilgan: Du, 12/11/2018 - 18:36

Xatarli xavfdan ogohlik

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-noyabrdagi “Aholi xonadonlarida isitish tizimi va yoqilg‘i mahsulotlaridan foydalanishda xavfsizlik talablariga rioya etilishini ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 901-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, bugun O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi binosida jamoaning barcha xodimlari ishtirokida davra suhbati uyushtirildi. Unda Ma'muriy binolarni yong‘indan muhofaza qiluvchi Yong‘in xavfsizligi bo‘limi (YOXB) boshlig‘i, mayor Sunnatilla Abidov, bo‘lim katta inspektori, kapitan Umidjon Iminov hamda bo‘lim inspektori, leytenant Aziz Ashirovlar qatnashishdi va yig‘ilish qatnashchilarini tegishli ko‘rsatmalar bilan tanishtirdilar.

Davomi » Nashr etilgan: Pay, 08/11/2018 - 18:40

Baliqchilik sohasini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Respublikada baliqchilik tarmogʻini jadal rivojlantirish, baliq mahsulotlari ishlab chiqarishning zamonaviy va innovatsion uslublarini joriy etgan holda hajmlarini oshirish, sohani tartibga solish boʻyicha bir qator qonun hujjatlari qabul qilinib, ularning ijrosini sifatli va puxta taʼminlash choralari koʻrilmoqda. 

Davomi » Nashr etilgan: Chor, 07/11/2018 - 09:37

“China International Import Expo” – Oʻzbekistonda yangi investitsiyaviy loyihalarni ishga tushirish imkoni

Shanxayda “China International Import Expo” import tovarlari va xizmatlari birinchi Xitoy xalqaro koʻrgazmasi boʻlib oʻtmoqda. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Nodir Otajonov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda. 

Davomi » Nashr etilgan: Chor, 07/11/2018 - 09:24

Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzurida Toshkent xalqaro arbitraj markazini (TIAC) tashkil etish toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Mamlakatimizda yuqori darajada qulay investitsiya muhitini shakllantirish maqsadida iqtisodiyotni liberallashtirish, sarmoyadorlar, ayniqsa, xorijiy investorlar faoliyati uchun qulay huquqiy shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, xalqaro iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 

Davomi » Nashr etilgan: Se, 06/11/2018 - 14:26

Press-reliz

O'zbekistonda "Qishloq hududlarini barqaror rivojlantirish" Loyihasi
Iqtisodiyot vazirligining SWOT tahlili bo'yicha treninglarini tashkil etish

1-6-noyabr 2018-y.                                            O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi

Umumiy ma'lumot

Evropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan "O'zbekistonda qishloq hududlarini barqaror rivojlantirish" Loyihasi O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Germaniyaning Xalqaro Hamkorlik bo'yicha Jamiyati (GIZ) konsortsiumi, Frantsiyaning Qishloq xo'jaligi, oziq-ovqat va qishloq hududlarini rivojlantirish bo'yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirish agentligi (ADECIA), Italiya Hayvon Yetishtiruvchilari Ittifoqi (AIA) va Korxonalarni rivojlantirish va menejment bo'yicha trening markazi (CEED).

Davomi » Nashr etilgan: Ju, 02/11/2018 - 15:25

Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Respublikada ulgurji va birja savdosi korxonalari faoliyati uchun zarur huquqiy asos yaratilgan, zamonaviy axborot texnologiyalari joriy etilgan holda chakana savdo tarmoqlari jadal rivojlanmoqda, tadbirkorlik subyektlarining moddiy-texnik resurslardan foydalanishi kengaymoqda. 

Davomi » Nashr etilgan: Chor, 31/10/2018 - 10:17

Pages